Chigʻatoy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chig‘atoy tili
Milliy nomi: {{{milliy nom}}}
Mamlakatlar:
Mintaqalar: Markaziy Osiyo, Xorazm
Rasmiylik holati: Temuriylar davlati
Soʻzlashuvchilar umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati: o'lik[1][2]
Turkumlanishi
Turkum: Evroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Qarluq-xorazmiy ostguruhi
Alifbosi: arab alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 chg
ISO 639-3 chg
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Chigʻatoy tili - q. Eski oʻzbek tili.


Chig‘atoy tili, yoki chig‘atoy turkiy (جغتای — jaĝatāy yoki ترکی — Turkī; oʻzb. ﭼﯩﻐﻪتاي, chig‘atoy tili, чиғатой тили; uygʻ. چاغاتاي تىلى/чағатай тили) — XV—XVI asrlarning 2-yarmida Movarounnahrning temuriylar qaramogʻidagi oʻlkalarda klassik til sifatida koʻproq rasmiylashuv va bir xillikka erishgan oʻrta asrlar oʻrta osiyo-turkiy yozma-adabiy tilidir.

Arab-forsiy lugʻat boyligini va turk lahjalarining qarluq, qipchoq va oʻgʻuz guruhlari vakillari bilan yaqin yashaganligi va ular orasida faol aloqalari bilan oʻzaro bogʻlangan boshqa sheva shakllarini oʻz ichiga qamrab olib, shevalar usti tiliga aylandi.

Hozirgi oʻzbek va uygʻur tillari chigʻatoy tilining toʻgʻridan-toʻgʻri davomchilari hisoblanadi[3], shu sababli uni baʼzan qadimgi oʻzbek tili yoki qadimgi uygʻur tili deb nomlaydilar.

Chigʻatoy tili yuqori darajadagi badiiy jonliligi va atamalar jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Sheʼriyat va nasr janrlari diniy, falsafaviy-didaktik, ilmiy, huquqiy, amaliy, nomaviy adabiyot uslublarini qamrab oladi.

Turkologlar orasida chigʻatoy tilini izohlashda va uning davriy chegaralarini aniqlashda bir xillik yoʻq, lekin shuni hisobga olish qabul qilinganki, XIII—XIV asrlardan boshlab va XX asr boshlanishigacha u tilda Oʻrta Osiyoda yozganlar. O'rta Osiyoda millatlararo muloqot tili boʻlgan.

Turkiy tilli qrimchaqlar XIX asr oxirigacha oʻz tilini „chigʻatoy“ deb nomlaganlar. Hozirgi kunda Afg'onistonda baʼzan turkman tilining tekin shevasini chigʻatoy tili deb ataydilar[4].

Yozuv arab grafikasi asosida.

Tarixi[tahrir]

Turkshunoslar orasida chigʻatoy tilini izohlashda va uning davriy chegaralarini aniqlashda bir xillik yoʻq, lekin shuni hisobga olish qabul qilinganki, XIII—XIV asrlardan boshlab va XX asr boshlanishigacha u tilda Oʻrta Osiyoda yozganlar. Oʻrta Osiyoda millatlararo muloqot tili boʻlgan.

XV asr oxirlarida chigʻatoy tilida qadimiy uygʻur qoraxoniylar adabiyoti anʼanalaridan uzoqlashuvi va hozirgi oʻzbeklarning ajdodlari xalq tiliga yaqinlashuvi kuzatiladi. Bu davrda adabiy til grammatikasi tizimida hozirgi oʻzbek tiliga oʻtish chegaralari belgilab olindi[5].

Chigʻatoy tili qoraxoniy tilining avlodi hisoblanadi[6][7], lekin, shuningdek, oʻz ichiga samarqand (hozirgi oʻzbek tili) va andijon (hozirgi uygʻur tili) shevalari elementlarini ham qamrab olgan, qadimgi uygʻur tilining merosi oldingi chigʻatoy asarlari yozilgan uygʻur grafikasi hisoblanadi[8].

Manbalar[tahrir]

  1. Лингвистическая энциклопедия Ethnologue
  2. Мусорин А.Ю. Основы науки о языке. — Новосибирское книжное издательство.
  3. The Turkic languages. Edited by Lars Johanson and Eva A. Csato. London and New York: Routledge,2006,p.357, 379
  4. Statya "Turkmenskiy yazik" v lingvisticheskoy ensiklopediya Ethnologue
  5. Благова Г.Ф. статья «О характере так называемого „чагатайского“ языка конца XV века» в сборнике «Тюрко-монгольское языкознание и фольклористика». — Издательство восточной литературы.
  6. János Eckmann: Zur Charakteristik der islamischen mittelasiatisch-türkischen Literatursprache, in: Studia altaica : Festschrift für Nikolaus Poppe. Wiesbaden 1957, S. 51-59.
  7. János Eckmann: Chagatay manual. Richmond, 1966. Reprint, Richmond, 1997, S. 9-10.
  8. Благова Г. Ф. Чагатайский язык. — 1996. — B. 148—160.

Havolalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Borovkov A.K. Badā'i’al-lugat. Slovar Tāli Imāni Geratskogo k sochineniyam Alishera Navoi. M., 1961.
  • Borovkov A.K. Leksika sredneaziatskogo tefsira XII—XIII vv. M., 1963.
  • Aftandil S.Erkinov. „Persian-Chaghatay Bilingualism in the Intellectual Circles of Central Asia during the 15th-18th Centuries (the case of poetical anthologies, bayāz)“. International Journal of Central Asian Studies. C.H.Woo (ed.). vol.12, 2008, pp. 57-82 [1].