Pecheneg tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pecheneg tili
Milliy nomi: Peçenek
Mamlakatlar: Andoza:Country data Crimea
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
So`zlashuvchilar umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi:
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2
ISO 639-3 xpc
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Pecheneg tili, bijanak tili — 8—11-a.larda Volga va Ural daryolari buylari, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi dashtlarda yashagan pecheneg (bijanak)lar tili; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Fonetik xususiyatlariga koʻra qipchoq tiliga yaqin boʻlgan, yaʼni soʻz oʻrtasi va oxirida ayrim undoshlarning yum-shashi, reduksiyaga uchrashi yoki boshqa undoshlarga almashinishi; ayrim un-doshlar taʼsirida til orqa a unlisining til oldi a unlisiga aylanishi; birinchi boʻgʻinda a ning e tarzida, e ning i tarzida talaffuz etilishi va b. Mahmud Koshgʻariy pecheneglarni oʻgʻuz urugʻlari qatorida tilga olgan va P.t. bilan bulyur tilidat oʻxshashliklarni qayd etgan. Rus turkiyshunosi Ye.A. Baskakov P.t.ni turkiy tillar oʻgʻuz guruhining oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasiga kiritadi.

Pecheneglar ittifoqi tarqab ketgach, P.t. ham ulik tilga aylangan. Vizantiya, venger, slavyan manbalarida sakdanib qolgan pecheneg qabila va urugʻlarining nomlari, atokli ismlari, mansab, lavozim hamda joy nomlari asosida P.t.ning xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.[1]

Pecheneg tili — oʻrta aselarda sharqiy Evropada yashashgan pecheneglarning tili. Hozirgi kunda holati oʻlik tillar qatoriga kiradi.

Bu til turkiy tillarning oʻgʻuz guruhiga kirishi mumkin[2], biroq bu tilda yozilgan hujjatlarning yoʻqchiligi bois va uning „meros til“ qoldirmay yoʻqolib ketishi uning aniq klassifikatsiyasini qiyinlashtiradi.

Quyidagiga qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Baskakov, N. A. Tyurkskie yaziki, Moskva 1960, s. 126—131