Xakas tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xakas tili
Milliy nomi: Хакас тілі, ранее Xakas tįlį, тадар тілі
Mamlakatlar:  Rossiya
Mintaqalar: Xakasiya, Tuva, ‎Krasnoyarsk oʻlkasi
Rasmiylik holati:  Xakasiya
So`zlashuvchilar umumiy soni: 42 604[1]
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati: Xakasiya Respublikasining davlat tili
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Xakas guruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2
ISO 639-3 kjh
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Xakas tili — turkiy tillardai biri; asosan, RFning Xakasiya Respublikasida, Krasnoyarsk oʻlkasi va Tiva Respublikasining unga qoʻshni tumanlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 80 ming kishidan ortiq (20a.ning 90-y.lari). Lahjalari: sagay, kalchin, kizil va shor; ulardan sagay va kachin lahjalari adabiy tilga asos boʻlgan.

X.t.ning fonetika sohasidagi asosiy belgilari: 17 unli va 24 undosh mavjud; unlilarning choʻziq va qisqa variantlari bor. Asl xakas soʻzlaridagi undoshlarning qattiq va yumshoqligi unliga bogʻliq: orqa qator unlilari bilan doimo qattiq undoshlar, old qator unlilari bilan yumshoq undoshlar uygʻunlashadi. Bu hodisa fonematik darajada boʻlmaganligi sababli, variant undoshlar yozuvda aks etmaydi. Xakascha soʻzlar boshida jarangli undoshlar deyarli boʻlmaydi. Grammatikasi barcha turkiy tillardagi kabi belgilarga ega boʻlsada, ayrim yasovchi affikslarning qoʻllanishi, kelishiklar tizimi, ayrim feʼl shakllari jihatidan oʻziga xosliklarga ega. Leksikasida oz mikdorda arabcha va forscha, lekin anchagina ruscha va moʻgʻulcha oʻzlashmalar bor. Yozuvi 1926 y.dan rus grafikasi, 1929 y.dan lotin grafikasi va 1939 y.dan yana rus grafikasi asosida shakllangan.


Xakas tili (xakascha xakas tili) — xakaslarning adabiy tili. Asosan Rossiya tarkibidagi Xakasiya Respublikasida rasmiy til maqomiga ega. Xakas tilida gaplashuvchilar soni 52 ming (2002 yil) kishi. Xakas tili turkiy tillarining sharqiy butogʻining xakas-oltoy guruhiga kiradi. Dialektlari: sagʻay, kachin, qizil. Adabiy tilining asosi sagʻay va kachin dialektlaridir. Alifbosi kirillchaga asoslangan.

Alifbosi[tahrir]

1924-yili kirill alifbosiga asoslandi, 1929-yildan boshlab lotin alifbosiga, 1939-yili qaytadan kirill alifbosiga oʻtdi.

Lotin alifbosi[tahrir]

A a B b C c Ç ç D d Ә ә F f G g
Ƣ ƣ I i Į į J j K k L l M m N n
Ņ ņ O o Ө ө P p R r S s Ş ş T t
U u V v X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill alifbosi[tahrir]

А а Б б В в Г г Ғ ғ Д д Е е Ё ё
Ж ж З з И и Й й I i К к Л л М м
Н н Ң ң О о Ö ö П п Р р С с Т т
У у Ӱ ӱ Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ӌ ӌ Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я


Manbalar[tahrir]