Boshqird tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boshqird tili
Milliy nomi: Башҡорт теле
Mamlakatlar: Qozogʻiston Qozogʻiston
Rossiya Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Boshqiriston
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 1 223 744 (2010-yilgi)[1]
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ba
ISO 639-2 bak
ISO 639-3 bak
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Boshqird tili — boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. B.t. da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Ikkita asosiy — jan. (yurmata) va sharqiy (quvaqan) shevasi bor. B. t. turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. B.t.ning fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o, va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu suz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) B.t. dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929 y.gacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940 y.dan) alifbolari asosida.[2]

Boshqird tili (башҡорт теле [bɑʃqɵrt tɨlɨ]) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).


Til
birlik koʻplik
Boshqirdcha Oʻzbekcha Boshqirdcha Oʻzbekcha
Мин Men Бeҙ Biz
Һин Sеn Һеҙ Senlar
Ул U Улaр Ular

Boshqird alifbosi

А а Б б В в Г г Ғ ғ Д д Ҙ ҙ Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Ҡ ҡ Л л
М м Н н Ң ң О о Ө ө П п Р р С с
Ҫ ҫ Т т У у Ү ү Ф ф Х х Һ һ Ц ц
Ч ч Ш ш Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ә ә
Ю ю Я я

Manbalar[tahrir]

  1. Lewis, M. Paul (ed.) (2009). Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition.. Dallas, Tex.: SIL International.. Asl nusxadan arxivlandi (2011-08-23).
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil