Oʻgʻuz tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻgʻuz guruhi
Janubi-gʻarbiy turkiy
Joʻgʻrofiy
taqsimlanishi:
Lingvistik turkumlanishi: Oltoy tillari
Boʻlinishi:
Lenguas Oguz.png
Oʻgʻuz tillarining Yevroosiyo boʻylab tarqalishi

Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hoz. isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻ.t. 3 ta alohidaalohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hoz. turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hoz. gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuzsaljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (11 —14-asrlar), eski usmonli (14—19-asrlar) va eski ozarbayjon (14—19-asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hoz. ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrimtatar tilining jan. lahjasini qamrab oladi.

Hoz. Oʻ.t. Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻ.t. va ayrim tillarning oʻgʻuz lahjalarida soʻzlashuvchilarning soni hoz. kunda 77—78 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari). Oʻ.t.ning barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g , gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻ.t. boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham anchamuncha farqlanadi.

Oʻ.t.ning barchasi 20-asrning 30-y.

larigacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalangan, 1928—29 yillardan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtgan; SSSRda yashovchi ozarbayjon va turkmanlar 1940—92 yillarda rus grafikasidan foydalanib, keyin yana lotin grafikasi asosidagi yozuvni joriy etganlar. Bolqondagi ayrim mayda turkiy tillar yunon alifbosi asosidagi yozuvdan, Eron va Afgʻonistonda yashovchilar esa arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.


Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar guruhi. Shuningdek janubi-gʻarbiy turkiy tillar nomi bilan ham mashhur. Osiyoda va Ovroʻpaning janubiy va sharqiy qismlarida tarqalgan.

Kelib chiqishi[tahrir]

Barcha oʻgʻuz tillari eski oʻgʻuz tiliga borib taqaladi.

Tarkibi[tahrir]

Oʻgʻuz guruhi tarkibiga quyidagi tillar kiradi:

Ichki turkumlanishi[tahrir]

Eslatmalar[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • N. A. Baskakov. Тюркские языки. M., 1962 (qayta nashr., M., 2006);
  • E. R. Tenishev (tah.). Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции. M., 2002;
  • Языки мира. Тюркские языки. M., 1997, Bishkek, 1997.