Xitoy Xalq Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
Xitoy davlat bayrogʻi   Xitoy davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior:
Madhiya: The March of the Volunteers
Xitoy Xaritasi
Poytaxt Pekin
Rasmiy til(lar) Xitoy tili
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
 •  Prezident   Xi Jinping
 •  Premyer   Ven Jiabao
Mustaqillik  
 •  Chin Sulolasidan   1-yanvar 1912-yil
 •  Xitoy Respublikasidan   1-oktabr 1949-yil
Maydon  
 • Butun 9,596,960 km² (3-)
 • Suv (%) 3,8
Aholi  
 • 2010 roʻyxat 1,347,374,752 (1- oʻrin)
 • Zichlik 139,6/km²
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 11.299 trln (2-)
 • Jon boshiga AQSh$ 8,382
Pul birligi Yuan Renminbi (CNY)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma CH
Internet domen .cn
Telefon prefiksi +86

Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharkay Xitoy va Jan. Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. 9,6 mln. km2. Aholisi 1 mlrd. 292 mln. 750 ming kishi (2003). Poytaxti — Pekin sh. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rn va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.


Davlat tuzumi[tahrir]

X. — xalq respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988 y. 4 dek.da qabul qilingan; 1988, 1993, 1999 y.larda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2003 y.dan Xu Jintao) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rn, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 y. Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 y.


Tabiati[tahrir]

XXR, asosan, moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda (jan. qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. X.ning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. X. qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta kup. Yirik ya.o.lari: Shandun va Lyaodun.

X. — murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning jan.gʻarbida Tibet togʻligi, undan shim.roqsa Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi X.ning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin).

Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan togʻlari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligshsh oʻz ichiga oladi. Ularga jan.sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shim.dan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan.

X.da foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanets, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.

X. iqlimi gʻarbda kontinental, sharkda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo trasining farqi katta. Yanv.

ning oʻrtacha trasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy X.da 500—2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shim.gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha trasi 34°), kish sovuq. Yanv.ning oʻrtacha trasi X. shim.da (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanv.ning oʻrtacha trasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. X.ning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km2 chamasida).

Tuproqlari X.ning sharkiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang , sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. X. gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.

X.da daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan. Mekong , Saluin, Braxmaputra daryolarining bir qismi ham X.dan oqib oʻtadi. X. gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu.

X.ning sharqiy qismida juda xilmaxil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan jan.da doim yashil subtropik, eng jan.da tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. X.ning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan toglari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.

Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. X.ning jan. va jan.gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va h.k. uchraydi. X.ning shim.

sharkida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, kulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi quy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha koʻrikxona bor.


Aholisi[tahrir]

X. — kup millatli davlat. Jami aholining 95% i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqsan iborat. Xitoylarning kupi mamlakatning sharkiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida suzlashadi. X.ning shim.gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalkdar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va b., shim. va shim.

sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalkdardan mongollar, dunsyanlar, tular, shim.sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va jan.

gʻarbida tibetbirma xalklari, jan.da tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va b. yashaydi. Sintszyanning jan.gʻarbida pomir tojiklari xam bor.

Dindor xitoylar buddizm (shim. tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizmlamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalkdarning kupchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va b.


Tarixi[tahrir]

Shimoliy X. hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. X.da urta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxm. mil. av. 3ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. X.da ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.

Sunggi 20 y. ichida Taklamakon chuli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega bulgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va b. topilganligi X.ning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qad. madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.

Mil. av. 1766—1122 y. Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang , keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. 11-a.ga kelib uning hududi birmuncha kengaydi.

In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hoz. xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.

Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir i.ch., undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqkiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdosotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qaramaqarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. 6—3-a.larda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va b. falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada X.da birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpoetildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shim.dagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206 y.da Sin imperiyasi tugatiddi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovarpul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yakin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantiridsi (q. Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuye oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga "qizil qoshlar" va "yashil oʻrmon odamlari" qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 y. qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 y. "qizil qoshlar" qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 y.ga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 y.lardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida X. mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220 y.ga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265 y. Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316 y. koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tormor qilib butun Shimoliy X.ni bosib oldi. Natijada Shim. X.da turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. X. zodagonlarining koʻp qismi shim.da Jan. X.ga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 y.dan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shim. Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy X.ni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.

4—6-a.larda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm X.ga mil. 1-a.da Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 y.larda Jan. va Shim. sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning jan.da Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shim.da Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shim. Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shim. Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Jan.dagi davlatlar xitoylar tomonidan, shim.dagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581 y.da X.dagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 y.da Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga kura, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 7-a. oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, boskinchilik urushlari olib bordi. 630 y. Sharqiy Turk xoqonligi, 657 y. Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin X.ga qaram boʻlib qoldi. 751 y. Tan armiyasi Talas jangish arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.

8-a. oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 y.lardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo ("Besh sulola 10 ta hokimlik", 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 y. sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida X. hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, jan.da Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shim. va shim.sharkda X. hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.

X.ga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125 y. Lyao imperiyasini tormor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141 y. Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.

13-a.ning 1oʻn yilligida moʻgʻullar X.ni istilo kilishga kirishib, 1279 y.da uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalkdari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; X.da 1280 y.dan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul boskinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi 14-a. oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.

16-a.da X.da yevropaliklar paydo boʻldi. 1557 y. Portugaliya X.ning Aomin xududini "ijara"ga oldi. Sinfiy qaramaqarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning jan.

da yashovchi chjurchjen kabilalari (17-a. boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida 17-a. boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 y.lardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barxam topdi. X.ni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) kuliga oʻtdi. Sin imperiyasi boskinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (18-a. oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — "Yangi chegara" nomi bilan Sin imperiyasiga kushib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.

17—18-a.larda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffakiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya 18-a. oxirlaridan X.ga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari X.ga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839 y.ga kelib inglizxitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 y.larda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi "afyun" urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar X.da bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842 y. Nankin shartnomasiga koʻra, X. Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va b. berishga majbur boʻldi. 18-a. oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844 y. X. AQSH hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. X. yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda X.ning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850 y. taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (q. Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 y. davomida mustaqil boʻldi.

1856 y. Angliya, soʻngra Fransiya X.dagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida X.ga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi "afyun" urushi). Ular 1858 y. shim.dagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf sodsilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860 y. AngliyaFransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishrol qidsi. 1860 y.gi Pekin shartnomalariga koʻra, X. Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) o.ning bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va b. shartlarga rozi boʻldi.

1860-y.lardan Angliya, Fransiya va AQSH Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. "Afyun" urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSH va Fransiya X.dagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi X.Fransiya urushida X. yengiddi. Oʻsha yillari X.ning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874 y.da Tayvanni bosib olishga urindi. 1879 y.da Ryukyu o.larini egalladi. 1894 y. esa YaponiyaX. urushi boshlandi. X. bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha X. qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan o. va Penxuledao olari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Bugok Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi X.ning bir qancha hududini "ijara"ga oldilar va X.da oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. X.ning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati X.da katta norozilikka sabab boʻldi. 1894 y. X.da Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899 y. yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) X.ga karshi intervensiya boshlab, 1900 y. avg .da Pekinni ishgʻol qildilar. 1901 y. 7 sent.da chet davlatlar bilan X. oʻrtasida "Yakunlovchi bayonnoma" imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. 20-a. boshida X. yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905 y. Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910 y.ga kelib shahar va kishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oddi. X.da t.y. qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911 y. sent.da Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi.

1911 y. dek. da Sun Yatsen 16 y.lik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912 y. 1 yanv.da X. rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912 y. 12 fev.da Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen X. respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shim.dagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.

1912 y. 25 avg .da Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. X.da Shimoliy X. va Janubiy X. hukumatlari paydo boʻldi.

1-jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya X.ga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917 y. avg .da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy X. hukumatini 1917 y. sent.dan 1919 y.gacha Sun Yatsen boshqardi.

X.dagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919 y. may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari ("Toʻrtinchi may" harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921 y. iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923 y. fev.

dan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy X. hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi.

1924 y. kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.

1925—27 y.larda X.da kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925 y. 1 iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 y.larda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining jan. qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSH yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926 y. iyulda MIA shim.

ga yurish boshladi. 1927 y. martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927 y. 12 apr.

da Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qiddi. 1927 y. 18 apr.

da Nankinda aksilinqilobiy "Milliy hukumat" tuzildi. 1927 y. iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.

Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.

X.ning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida X. Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Jan. va Markaziy X.da) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931 y. noyab.da Juyszin sh. (Szyansi provinsiyasi)da X. soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 y.larda X. Kizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.

1931 y. oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy X.ni ishgʻol qilib, 1932 y.da Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933 y. yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 y.larda Chan Kayshi X. sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. X. Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy X.ni tashlab shim.

gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934 y. okt. — 1936 y. noyab.) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936 y. Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini X. Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.

1937 y. iyulda Yaponiya butun X.ni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar X.ning katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va b. shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937 y. 23 sent.da XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937 y. iyuldan 1938 y. okt.

gacha Shimoliy X.ning barcha hududini, Markaziy X.ning bir qismini, shuningdek, Janubiy X.ning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rnlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.

Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy X. va Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945 y. 2 sent.da Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945 y. 13 okt .da Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946 y. 10 yanv.) boʻlsa ham 1946 y. iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AKSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq X. Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 y. yanv. butun Shim.Sharqiy X., Shimoliy X.ni, Shim.Gʻarbiy X.ning koʻp qismini, Markaziy X.ning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949 y. kuzga kelib X. Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy X. va Markaziy X.ni, Jan. va Jan.Gʻarbiy X.ning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949 y. 1 okt.da Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi.

.XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi X. rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, q.x.ni jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951 y. X. hududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952 y. XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953 y. agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 y.larda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954 y. sent. da Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi.

50-y.larning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958— 60 y.larda "katta sakrash" (besh yil mobaynida sanoat i.ch.ini 6,5 marta, q.x. ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha q.x. kooperativlari "xalq kommunalari"ga aylantirildi.

1966—76 y.larda "madaniy inkilob" amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar ("qizil qoʻriqchilar") hamda szaofanlar ("gʻalayonchilar") otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan "inqilobiy qoʻmitalar" bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik X.da keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-a. oʻrtalariga kelib X.ni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida X.da "ochiq iqshsodiy rnlar" va "maxsus iktisodiy hududlar" tashkil etildi. 1990-y.larning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan "sotsialistik bozor xoʻjaligi"ga oʻtish shakllandi. X.ning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) X.ga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rni makrmini oldi. X. 1971 y.dan BMT aʼzosi (1945 y. SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMT dagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971 y. 25 okt.da BMT ning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). X. 1991 y. 27 dek.da OʻzR suverenitetini tan olgan va 1992 y. 2 yanv.

da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 okt. — Respublika eʼlon qilingan kun (1949).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, X. xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. X. Kommunistik partiyasi (XKP, 1921 y. tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948 y. asos solingan; X. Demokratik ligasi, 1941 y. tuzilgan; X. Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945 y. tuzilgan; X. Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945 y. tashkil etilgan; X. dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947 y. asos solingan; Chjungo chjigun dan (X. adolatga intilish partiyasi), 1925 y. tuzilgan; Szyusan syuye she (3 sent. jamiyati), 1946 y. tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947 y. asos solingan; X. xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949 y. tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 y. tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

X. — industrialagrar mamlakat. 1949 y. xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 y. ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 y.dan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978 y.da boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10%, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30% ga oshdi. 1980-y.lar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-y.

lar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49%, q.x.niki 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32%ni tashkil etdi.

Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, q.x. va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003 y. 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va b. sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va b. ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996 y. 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama i.ch.], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, X.ning shim. va shim.sharqida qazib olinadi (1993 y. 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshim.gʻarbi va shim.sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). X. shim.sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari i.ch.]. X. Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Q.x.da foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10%) ishlanadi, 49% sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18% ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va b.) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. X.ning jan.dagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va h.k.) rivojlangan. Ayrim rnlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992 y. 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.

Chorvachilikda X.ning har bir yirik rni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy X.da choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shim. qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996 y. 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992 y. 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy X.da va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. X. dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. X. baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. X.da yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.


Transporti[tahrir]

T.y. transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. X.ning sharkiy portlari t.y. orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uz. 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.

Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.


Tashqi savdosi[tahrir]

X. chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va b. oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan.


Tibbiy xizmati[tahrir]

X.da 1978 y.dan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999 y. mamlakatda 310 ming kasalxona va b. davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doyr maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi.

Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80% savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin "madaniy inqilob" yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985 y.dan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 y.lik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 y.) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 y. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi "Sinxua" politexnika inti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik intlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va b. Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy FA ning markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va b. Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geol. muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va b.

I.t.lar X. fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot FA (1956), Q.x. fanlar akademiyasi int va i.t. muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. X.da, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti i. t. instituta, Geol. fanlari akademiyasi, T.y.lar vazirligi i.t. instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy inti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik i.t. instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999 y. Xitoyda 2,71 mln. kishi i.t. ishlari bilan shugʻullandi. 1981 y.dan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan dri kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha i.t.lar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. X.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Banyue tan" ("Suhbat", 2 haftada 1 marta chiqadigan jur., 1980 y.dan), "Beyszin jibao" ("Pekin gazetasi", kundalik gaz., 1950 y.dan). "Venxuey bao" ("Adabiy oqim", kundalik gaz., 1937 y.dan), "Guanmin jibao" ("Yoruglik", kundalik gaz., 1949 y.dan), "Guansi jibao" ("Guansi gazetasi", kundalik gaz.), "Gunjen jibao" ("Ishchilar gazetasi", kundalik gaz., 1949 y.dan), "Jenmin jibao" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz., 1948 y.dan), "Nanfan jibao" ("Janubiy gazeta", kundalik gaz., 1952 y.dan). "Pekin revyu" ("Pekin sharhi", haftalik siyosiy va nazariy jur., 1958 y.dan), "Sintszyan jibao" ("Sintszyan gazetasi", kundalik gaz.), "Sichuan jibao" ("Sichuan gazetasi", kundalik gaz., 1952 y.dan), "Szinszi jibao" ("Iqtisodiy gazeta", haftada 6 marta chiqadigan gaz., 1983 y.dan), "Syushi" ("Haqiqatga intilish", jur.), "Chjungo sinnyan bao" ("Xitoy yoshlari", haftada 4 marta chiqadigan gaz., 1951 y.dan), "Chjungo shaonyan bao" ("Xitoy pionerlar gazetasi", kundalik gaz., 1951 y.dan), "Shanxay star" ("Shanxay yulduzi", ingliz tilidagi gaz., 1992 y.dan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931 y. 7 noyab.da tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937 y.dan hoz. nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947 y. tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958 y. asos solingan. 1993 y. dek.da mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi.


Adabiyoti[tahrir]

X. adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi X. adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari "Shitszin" ("Qoʻshikdar kitobi", mil. av. 11—6-a.lar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va b.ga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq ("Shan shu" — "Tarixiy rivoyatlar kitobi" va b.). Sima Syanning (mil. av. 1-a.) "Shi szi" ("Tarixiy xotiralar") kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-y.lar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-a. oxiri — 5-a. boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.

7—10-a.larda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-a.larda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-a.larda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.

Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-a.da mamlakat shim. da qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-a.da epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-a. oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.

X.ni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxm. 1715—62)ning "Qizil koʻshkdagi uyqu" romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.

Yangi davr adabiyoti (19-a. oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-y.larning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.

1919 y.da boshlangan "4 may" ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar X. adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922 y.da "Ijod" guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-y.lar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. X. xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. X. Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949 y. XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning "Sanlivan qishlogʻi", Chjou Libo (1908—79)ning "Poʻlat oqim" roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning "Yoshlik qoʻshigʻi") yaratildi. 50-y.larning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958 y.da "inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi" X. adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-y.lar oʻrtalaridan "madaniy inqilob" boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jur.lar yopildi. X. yozuvchilari uyushmasi (1953 y.dan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970y.larning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. "Madaniy inqilob" yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.

1977 y.dan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning "Sinf rahbari", Van Menning "Sartarosh hikoyasi", Ju Chjitszyuanning "Kutilmagan voqea" kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning "Oʻrtacha yosh", Ye. Veyminning "Daryoda moʻljalsiz suzish", L u Yanchjouning "Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi" ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning "Syuy Mao va uning qizlari", Vey Veyaning "Sharq", Li Chjunning "Xuanxe sharqqa qarab oqadi", Gu Xuaning "Nilufar gullari vodiysida" romanlari paydo boʻldi.


Meʼmorligi[tahrir]

X. hududida mil. av. 4— 1-ming yillikka oid manzilgohlar saklangan. Mil. av. 2ming yillikda devorlar bilan oʻralgan, ibodatxona va saroylari boʻlgan shaharlar paydo boʻldi (poytaxt Anyan sh. saroyi xarobalari). Sinchli binolar qurilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida meʼmorlik va shaharsozlik prinsiplari shakllandi. Mamlakat markazlashgan yagona Sin davlatiga birlashtirilgach (mil. av. 221—207), Buyuk Xitoy devorinint asosiy qismi qurildi. Sin va Xan davrlari (mil. av. 206— mil. 220)da 2— 3 qavatli uylar, yirik saroylar qurildi. Mil. av. 3-a.gacha murakkab konstruksiyali ulkan saroylar, katta koʻprik, maqbara, darvozalar quriddi (Sichuan provinsiyasi, Yaan uyezdidagi Gaoi syuye). 3—6-a.larda buddizm taʼsiri natijasida kup yarusli ibodatxona — pagodalar barpo etildi (Xenan provinsiyasida, 523). 7—12-a. xitoy meʼmorligi shakllarning qatʼiyligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Loyan, Chanʼan sh.lari, saroy va ibodatxona majmualari (Utayshan togʻlaridagi Foguan ibodatxonasi, 857), pagodalar (Sianya yaqinidagi Dayanta yoki "Yovvoyi gʻozlar" katta pagodasi, 652). Sun davlati davrida X. meʼmorligiga shakllarning nihoyatda nafis va mutanosibligi xos (Kayfindagi Teta yoki "Temir" pagoda, 1041—48). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (13—14-a.)da yuanlar davlati poytaxti Dadu (keyinchalik Pekin)da binolar ansambli qayta qurildi, saroy majmualari yaratildi.

19-a. 2-yarmida Shanxay, Tyantszin, Nankin, Guanchjou kabi yirik shaharlarda Yevropa tipidagi eklektik binolar paydo boʻldi (Ixeyuan bogʻidagi Sinyanfan saroy paviloni, Pekindagi kutubxona). 20-a. 80-y.laridan zamonaviy qurilish konstruksiyalari milliy meʼmoriy anʼanalar bilan uygʻunlashtirilib, yirik bino va inshootlar bunyod etildi.


Tasviriy sanʼati[tahrir]

X.ning kad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. X.ning kup joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil boʻlgan buyumlar, hayvonlarning In davriga mansub toshdan ishlangan haykalchalari, Chjou davri (mil. av. 11—3-a.)ga mansub amaliybezak sanʼati asarlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanila boshlandi. Mil. av. 4—3-a.larga oid shoyiga tush bilan rayem solingan asar saklangan. Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220) makbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi relyef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan.

4-a.dan budda gʻor ibodatxonalari haykal va devoriy rasmlar bilan bezatildi (Yungan, Lunmin, Mayszishan). Bu davrda rassom Gu Kaychji va xattot Van Sichji ijod qildilar. Tan (618907) va Sun (9601270) sulolasi davrida X. sanʼatining barcha turi ulkan yutuklarga erishdi. Bu davrda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi monumental rangtasvir paydo boʻldi; rassomlikning shoyi matoga tush yoki boʻyoq bilan rayem solish turi shakllandi. U Daotszi, Van Vey, Yan Liben, Chjou Fan, Xan Gan va b. Tan davrining mashhur rassomlari boʻlgan. Amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Szindechjen chinni manufakturasida tayyorlangan mahsulotlar chet elga chiqarildi va jahonga mashhur boʻldi. 16-a.dan badiiy kashtadoʻzlik va toʻquvchilik rivojlandi. 19-a. 2-yarmida X.ning yarim mustamlakaga aylanishi ijtimoiy va madaniy hayotda qaramaqarshiliklar vujudga keltirdi, tasviriy sanʼatda turgʻunlik koʻzga tashlandi. Shu davrda Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rassomligi paydo boʻldi. 19-a. oxiridan rassomlar milliy klassikani ijodiy rivojlantirish yoki uni Yevropa uslubi yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar. 20-a.ning 20—30-y.larida yogʻoch gravyurasi paydo boʻldi. XXR tashkil boʻlgach (1949), Xitoy tasviriy sanʼati jadal surʼatda rivojlana boshladi. Bu davrda Szyan Yan, Xuan Chjou, Ye Syanyuy, Yan Chjiguan va b. samarali ijod qildilar. "Madaniy inqilob" yillari X. rassomligi inqirozi davri boʻldi. 1976 y.dan soʻng qayta tiklana boshladi. Rassomlar oʻz faoliyatlarini takomillashtirish yoʻllarini qidira boshladilar. X.da Si Bayshi, Syuy Beyxun, Pan Tyanshou, Li Kuchat, Lyu Xaysu, Guan Shanyue va b. rassomlar mashhur. Zamonaviy tasviriy sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud.


Musiqasi[tahrir]

X. musiqa madaniyati jahonning eng qad. musiqa madaniyatlaridan biri. Uning manbai mil. av. 2ming yillikdayoq muayyan darajada rivojlangan qad. qoʻshiq va raqslarga borib taqaladi. "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi", mil. av 11—6-a.lar) da 3000 xalq qoʻshigʻi, marosim madhiyalari toʻplangan boʻlib, xalq qoʻshiq sanʼatining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli boʻlib pentatonikaga asoslangan (mil. av. 7-a.da shakllangan). Keyinchalik 7 va 12 ovozli sistema paydo boʻldi. Asosiy musiqa cholgʻulari (anʼanaviy xitoy orkestri, odatda, 100 ga yaqin, cholgʻudan tashkil topadi): torli — se, sin, pipa, erxu, sixu, banxu; puflama — syao, paysyao, di, sona, shen; urma — gong , qoʻngʻiroqcha, baraban, tarelkalar. Nota yozuvidagi (iyeroglif tizimi) birinchi professional asar — "Yulantsu" ("Tanho orxideya") pyesasidir (muallifi Syu Min, 6-a.). 8-a.da balet sanʼati rivojlana boshladi. 12—13-a.larda dramatik dialog , orkestr joʻrligida kuylash, pantomima va raqsni oʻzida mujassamlashtirgan xitoy operasi shakllandi. 17-a.ning oʻrtalaridan Sharqiy X.da orkestr musiqasi rivojlandi. 19-a. bilan 20a oraligʻida Yevropa musiqasi taʼsiri sezildi. 1927 y. konservatoriya ochildi. X. musiqasiga boshqa mamlakatlar musiqa sanʼati yutukdarini olib kirishga intiluvchi "Yangi xitoy musiqasi" deb nomlangan ilgʻor musiqa harakati paydo boʻldi. Kompozitorlar Ne Er (1912 35; ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlar muallifi), Si Sinxay (1905 — 45), Xuan Szi (1904—38), Chjanshu (1908—38) yangi musiqa asoschilaridir. 1953 y. X. kompozitorlar uyushmasi tuzilgan. Pekin, Shanxay, Shenyan, Chendu, Tyantszin, Sian, Guanchjou sh.larida konservatoriyalar ishlaydi. X.da dirijyorlar Li Demun, Xuan Itszyun, Yan Lyankun, Xan Chjunsze, Chjen Syaoin, kompozitorlar Li Xuanchji, Lyu Chji, Syuy Sisyan, Syuy Vey, Chju Szyaner, Chjan Juy, Chjen Syufen, ijrochisolistlar Lu Chunlin, Lyu Dexay, Van Gotun, Shen Chjungo, vokalchilar Chjan Syuan, Vey Sisyan, Xu Sunxua, Van Kun, Li Guilar mashhur. Soʻnggi chorak asr davomida musiqa sanʼatida katta yuksalish yuz berdi. Ayniqsa, zamonaviy estrada janri tez rivojlandi. Yoshlar oʻrtasida gʻarb musiqasiga boʻlgan intilishning kuchayishi har xil yoshlar ansambllari tashkil topishiga olib keldi. Yevropa musiqa ohanglari bilan milliy musiqa ohanglarining qoʻshilib ketishi kuzatildi. Musiqa ijro etishda zamonaviy musiqa cholgʻularidan foydalanish keng tarqaddi.

Teatr sarchashmalari xalqning qoʻshiqraqs ijodi, turli marosim va oʻyinlar bilan bogʻliq tomoshalardan boshlanadi. Xandavri (mil. av. 3-a. — mil. 3-a.)da shaharlar va hunarmandchilikning rivoji teatr sanʼati taraqqiyotiga taʼsir etdi. Tan davri (7— 10-a.lar)da buddizm xitoy adabiyoti va sanʼatiga, xususan, raqs sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 8-a. oʻrtalarida imperator Syuantszun saroyida "Nokzor" ("Liyuan") teatr maktabi tashkil qilindi. 10—12-a.larda professional aktyorlar truppalari vujudga keldi. 13— 14-a.larda teatr sanʼati takomillashdi. 17—19-a.larda muayyan xudud bilan bogʻlangan mahalliy teatr janrlari (banszi, sintsyan, yuetszyuy va b.) paydo boʻldi. 19-a. oʻrtalarida mahalliy teatrlar negizida teatrning yangi shakli — Pekin musiqali dramasi shakllandi; u keyinchalik xitoy umummilliy klassik musikali dramasiga aylandi. 20-a. boshlarida zamonaviy drama teatri shakllandi (asosan, Yevropa drama sanʼati taʼsirida). 1907 y.da birinchi drama truppasi — "Koʻklamgi majnuntol" ("Chunlyushe") tashkil qilindi. Oʻsha yili "Kuklam quyoshi" ("Chunyanshe") professional teatri ham tashkil topdi. 1927 y. Shanxayda ilgʻor teatr arboblari, dramaturg va aktyorlar "Janubiy jamiyat" ("Nantoshe")ga birlashdilar. 1930— 40 y.lardagi yirik dramaturglar: Sao Yuy, Go Mojo, Xun Shen, Tyan Xan, Ouyan Yuysyan, Sya Yan va b.

1930 y.da Sud teatr arboblari ligasi tuzildi. 30ylarda zamonaviy drama teatr saxnalarida rus va Gʻarbiy Yevropa dramaturglarining pyesalari qoʻyildi (N.V.Gogol, A. N. Ostrovskiy, M. Gorkiy, G. Ibsen va b.ning pyesalari). XXR tashkil etilgach (1949), teatr sanʼatida islohot oʻtkazildi, klassik dramalar qayta koʻrib chiqildi. 1952 y.da 1Umumxitoy teatr va drama koʻrigida islohotga yakun yasaldi. 1963—64 y.larda teatrda inqilob oʻtkazish, klassik pyesalarni "zamonaviy inqilobiy pyesalar" bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qoʻiildi, natijada professional jamoalar keskin kamayib ketdi. "Madaniy inkilob" davri teatr sanʼati uchun ham tushkunlik davri boʻldi. 1976 y.dan soʻng teatr taraqqiyoti yangi bosqichga oʻtdi. Oʻz asarlarida xayotni real aks ettiruvchi yosh isteʼdodli dramaturglar yetishdi. Zamonaviy va tarixiy mavzularda koʻplab pyesalar yaratildi.


Kinosi[tahrir]

X.da birinchi film 1913 y. yaratilgan ("Soxta erxotinlar"). 1920—30-y.larda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi ("Baliqchi qoʻshigʻi", "Yoʻl", "Chorraha" va b.). 1940y.larda X. kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar ("Sungari daryosida", "Bahorgi suvlar sharqqa oqadi", "Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl" va b.). 1938 y. sent.da tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda "Yanan va 8armiya", "Doktor Norman Betyun", "Nannivan" kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946 y. X. shim.sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shim.sharq) studiyasi (keyinchalik Chanchun) tashkil etildi. "Xitoy kizlari" (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), "Poʻlat askar" (rej. Chen In), "Oq sochli qiz" (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), "Partiya kizi" (rej. Lin Nun), "Tinchlik yoʻlida" (rej. Xuan Szolin) filmlari 1950-y.lardagi eng yaxshi filmlardir. 1950 y. Pekin sh.da kinematografiya inti tashkil etilgan. 1960-y.larning oʻrtalaridan filmlar i.ch. kamaydi. 1967—69 y.larda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976 y.dan keyin kino i.ch. astasekin tiklana boshladi. 1980-y.larda qishloq hayoti mavzusidagi "Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa", "Syuy Mao va uning kizlari", "Qishloqqa muhabbat" va b. filmlar yaratildi. "Sian hodisasi", "Nanchan qoʻzgʻoloni" filmlarida inqilob tarixidan muhim lavhalar aks ettirildi. "Qon har doim qaynoq", "Koʻprik ostida" filmlari hoz. zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. "Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi", "Oʻrtacha yosh", "Yilqichi" kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. X.da badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi.


Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari[tahrir]

Oʻzbekiston hududi Buyuk ipak yoʻlining chorrahasi boʻlganligi tufayli ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. Ammo birinchi Xitoy elchisi Chjan Syanning qad. Fargʻona (Davan, Dayyuan) davlatiga kelishi mil. av. 128 y.da yuz bergan. Ushbu voqeani ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik aloqaning boshlanishi deb hisoblash mumkin. Elchi vataniga qaytib borgandan soʻng , xitoyliklar nafaqat Fargʻona, balki butun Oʻrta Osiyo haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan. Shuning uchun ular elchini gʻarbga boradigan Buyuk ipak yoʻlini ochgan shaxs deb bilishadi. Chjan Syandan keyin hoz. Oʻzbekiston hududiga kelib ketgan elchilar va budda rohiblarining soni koʻpaygan. Qadim zamondan beri Oʻzbekiston va X. oʻrtasida ijobiy ahamiyatga ega boʻlgan savdo va b. munosabatlar rivojlangan. Shu bilan birga ikki mamlakat oʻrtasida noxush damlar ham boʻlib oʻtgan. Mac, X.da tezlik vositasi va boylik mezoni hisoblangan Fargʻona tulporlarini qoʻlga kiritish maqsadida Xan imperiyasi qoʻshinlarining Fargʻonaga qilgan urushi (mil. av. 104—100) va Tan imperiyasi armiyasining Toshkentga qilgan harbiy yurishi (658) bunga misoldir. Aloqalarning rivojlanishi bilan birga uzum, shaftoli, mosh, piyoz, oshqovoq kabi mevasabzavotlar va tandir noni, somsa kabi oziq-ovqatlarning yurtimiz va qoʻshni davlatlardan X.ga tarqalishi kuzatilgan. Oʻtgan oʻrta va qad. asrlarda hoz. Oʻzbekiston hududida yashagan koʻp kishilar X.ga borib faoliyat koʻrsatganlar. Ular nafaqat savdo ishlarida, balki qurilish, fan va texnika sohasida ham nom chiqarishgan. Ayniqsa, X.da tashkil topgan va Yuan deb nomlangan moʻgullar sulolasi davri (1279—1368)da Mahmud Yalavoch, Umar Shamsiddin va b. davlat ishlarida, Jamoliddin Buxoriy, Kamoliddin, Muhammad Buxoriy, xorazmlik Ahmad Fanakatiy va b. matematika va astronomiya sohasida ulkan ishlar qilib, X.da mashhur boʻlganlar. 13—14a.larda bir qator tabiblar X.da faoliyat koʻrsatgan, ular yordamida Ibn Smnoning "Tib qonunlari" xitoy tiliga tarjima qilingan va u xitoy tabobati durdonasi hisoblangan "Xueyxuey yaofan" ("Musulmon dorivorlari") hamda "Bentsao ganmu" ("Giyoh dorivorlar qonuni") asarlarining yaratilishida asos boʻlgan. Oʻzbekistonliklar X.da islomning tarqalishiga ham katta hissa qoʻshishgan. Shu zamonlarda Samarqanddan borgan va oʻgʻuz qabilasining solor urugʻi avlodidan boʻlgan 40 dan ortiq oila Sinxay viloyatiga borib joylashgan. Ularning avlodi koʻpayib hozir XXRda mavjud boʻlgan 56 xalq (millat) ning birini tashkil qiladi.

1368 y. hokimiyat tepasiga kelgan Min sulolasi davrida Buyuk ipak yoʻli orqali amalga oshiriladigan X. va Turkiston oʻrtasidagi aloqalar biroz susaydi. Ammo Temuriylar davrida bu aloqalar yana jonlandi.

1950 y.dan Oʻzbekiston X.ning SintszyanUygʻur muxtor rniga kadrlar tayyorlash, mahalliy aholini uygʻur, qozoq tillaridagi adabiyot va oʻquv kitoblari bilan taʼminlash, tibbiy yordam koʻrsatish, yer osti boyliklarni aniqlash, irrigatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha katta yordam koʻrsatdi. Adabiyotlarni nashr qilish uchun Toshkentda maxsus tahririyat, kadrlar tayyorlash uchun Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hoz. Oʻzbekiston milliy universiteti)da maxsus kafedra tashkil etildi. 1978 y.dan Oʻzbekiston talabalari X.ga til oʻrganish uchun yuborildi. Toshkentda termos ishlab chiqaruvchi X.Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi tashkil etildi (1987). Shu yili Uzbekistanga XXRning birinchi rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. 1990 y. noyab. da SintszyanUygʻur muxtor rni raisi Temur Davomat Toshkentga keldi. 1991 y. iyunda ilk bor Oʻzbekistonning rasmiy delegatsiyasi Urumchiga bordi. Ikki davlat oʻrtasida savdo va turistik aloqalar jonlandi.

1991 y. XXR Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib 1992 y. Diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, ikki mamlakat oʻrtasida teng huqukli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻtgan 13 y. davomida ikki davlat oʻrtasida 100 dan ortiq rasmiy hujjatlar imzolandi. 1992 y. 15 okt.da Toshkentda XXR elchixonasi, 1995 y. 6 mayda Pekinda Oʻzbekiston elchixonasi ochildi. Shu davr davomida OʻzR Prezidenti I. Karimov 4 marta (1992, 1994, 1999, 2001 y.) rasmiy tashrif bilan X.da boʻldi. Ilk bor rasmiy tashrif bilan 1995 y. Oʻzbekistonga XXR Davlat kengashi boshligʻi Li Pen kelgan. XXR raisi Szyan Szemin (1996) va uning oʻrnini egallagan Xu Szintao (2004)lar ham rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldilar. Xu Szintao XXR raisining oʻrinbosari sifatida 1995 y.da ham Oʻzbekistonda boʻlgan. Bundan tashqari, oʻtgan davr davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari, Vazirlar Mahkamasi rahbar xodimlari, Parlament delegatsiyalari va b.ning oʻzaro tashriflari amalga oshirildi. 1994 y.da ikki mamlakat oʻrtasida tuzilgan savdoiktisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya doimiy faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xu Szintaoning 2004 y. iyundagi OʻzRga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasida sheriklik munosabatlari, doʻstlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash toʻgʻrisida koʻshma deklaratsiya, shuningdek, narkotik vositalarning , psixotrop moddalarning noqununiy aylanishi va suiisteʼmol etilishiga qarshi kurashda xamkorlik qilishga, texnikaviyiktisodiy hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. 2003 y. ikki tomon tovar ayirboshlash hajmi 216 mln. AQSH dollariga teng boʻldi. Shundan Oʻzbekistonning XXRga qilgan eksporta 53 mln., importi 163 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bozorlarida X. mollarining koʻpayganligini kuzatish mumkin. X.dan Oʻzbekistonga texnika, elektronika, elektr jihozlari, kofe, xalq isteʼmol mollari, choy va ziravor, optika priborlari va apparatlari, transport vositalari, toʻqimachilik mahsulotlari, kiyimkechak, poyabzal va b. keltiriladi. Oʻzbekiston X.ga ranpgi metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mineral yonilgʻi, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak tolasi, plastmassa va b. yuboradi. Ayni vaktda Oʻzbekistonda X. investorlari ishtirokida tuzilgan 122 korxana roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan 102 tasi qoʻshma korxona, 20 tasi 100% X. sarmoyasi hisobidagi korxonadir. Respublikada X. ning savdo hamda X. kompaniyalarining 23 vakolatxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. X.ning Oʻzbekistonga kiritilgan sarmoyasi hajmi 435 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.

Ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat, fan, texnika va taʼlim sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. X. vakillari Samarqandda oʻtkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida, Oʻzbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili oʻtadigan xalqaro madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadilar.

1996 y. Pekinda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan XXR Fanlar akademiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida, 2000 y. Toshkentda OʻzR Fanlar akademiyasi bilan XXR Ijtimoiy FA oʻrtasida bitam imzolandi. 1997 y. OʻzR Prezidenti I. Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asari X.da xitoy tiliga tarjima kilinib chop etildi. Shu yil Oʻzbekistonga bagʻishlangan maxsus jur. va 2004 y. kitob nashrdan chikdi. Toshkent bilan Shanxay sh.lari, Buxoro viloyati bilan Xubey provinsiyasi, Toshkent viloyati bilan Shansi provinsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgan. 2000 y.da ilmiytexnika hamkorligi boʻyicha maxsus qoʻmita tashkil etilgan. 2001 y. Toshkentda X. madaniy markazi tashkil topdi. 2002 y.da Toshkentda "XXR fani va texnikasi kunlari" deb nomlangan koʻrgazma boʻlib oʻtdi. 2003 y. Chanchun (Szilin oʻlkasi) sh.da Kamoliddin Behzodning haykali oʻrnatildi. 2004 y.da Pekinda Oʻzbekiston — XXR munosabatlariga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Toshkentda xitoy madaniyati kunlari oʻtkazildi. Ikki davlat oʻrtasida talabalar almashuvi ham amalga oshirilmoqda. 2004 y. iyunda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Xitoy taʼlim vazirligi oʻrtasida Toshkentda xitoy tilini oʻrganish boʻyicha Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi.

2001 y.da Oʻzbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlgandan beri ushbu tashkilot doirasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash va Urta Osiyoda xavfsizlikni taʼminlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik kengaymoqda. Mazkur tashkilotning yuridik asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy vazifalarini belgilashda Oʻzbekiston faol ishtirok etdi. 2004. iyunda Toshkentda ushbu tashkilotning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi va unda mintaqaviy aksilterroristik markazning ijroiy qoʻmitasi rasman ochildi.

2004 y.dan Oʻzbekiston va XXRning SintszyanUygʻur muxtor rni televideniye kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Toshkent telestudiyasi XXR haqida, Urumchi telestudiyasi Oʻzbekiston haqida koʻrsatuvlar olib bormoqda. Sport sohasida ham ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar mavjud. Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga 1998 y. 1 dek.da tuzilgan "Oʻzbekiston — Xitoy" doʻstlik jamiyati munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Abdulahad Xoʻjayev.


Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.

Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Moʻgʻuliston, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy tarixi.

Geografiyasi[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy tabiati.

Bambukzorlar

Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.

Xuanxe (Sariq daryo)

Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642 yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan

Lushan togʻlari Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000 yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan. Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan. Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996 yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998 yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.

Itisodiyoti[tahrir]

Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009 yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.

Dini[tahrir]

Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.

Madaniyati[tahrir]

Asosiy maqola: Buyuк Хitoy dеvori.

Xitoy haqidagi maqolalar[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy va xitoyliklar.

Galereya[tahrir]