Tuva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, RFning Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-y.larning oxiri). T.t. markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shim.
sharqiy va jan.sharqiy lahjalarga bulinadi. T.t.ning fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va b. Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va b. Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy T.t. 20-a.ning 30— 50-y.larida shakllangan. Yozuvi 1930—41 y.larda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941 y.dan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
Tuva tili (tuva tilida nomlanishi — Тыва дыл) — turkiy tillar qatoriga kiradi. Tuvalarning ona tili. Tuva tilida gaplashuvchilar soni 264 ming kishini tashkil qiladi. Rossiyaning tarkibidagi Tuva Respublikasining davlat tili. Leksikasida moʻgʻul tilining taʼsiri koʻp. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan.
Tuva alifbosi 36-ta harfdan tashkil topgan.
| А а |
Б б |
В в |
Г г |
Д д |
Е е |
Ё ё |
Ж ж |
| З з |
И и |
Й й |
К к |
Л л |
М м |
Н н |
Ң ң |
| О о |
Ө ө |
П п |
Р р |
С с |
Т т |
У у |
Ү ү |
| Ф ф |
Х х |
Ц ц |
Ч ч |
Ш ш |
Щ щ |
Ъ ъ |
Ы ы |
| Ь ь |
Э э |
Ю ю |
Я я |