Chulim tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chulim tili
Milliy nomi: Ӧс (июс) тили
Mamlakatlar:  Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: yoʻq
So`zlashuvchilar umumiy soni: 44[1]
Tartiblovchi tashkilot: yoʻq
O`rni:
Holati: oʻlish arafasida
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Xakas guruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 clw
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Chulim tili, chulim tatarlari tili, chulimturkiy tili — turkiy tillarnmng uygʻuroʻgʻuz guruhiga mansub, RFda Ob daryosining oʻng irmogʻi boʻlgan Chulim sohillarida yashovchi oz sonli (690 kishi, 1996) chulim (kijilar) xalqining tili. Quyi chulim va oʻrta chulim laxjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar, asosan, fonetik, qisman grammatik va leksik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Ch.t. oʻz yozuviga ega emas, kundalik hayotda soʻzlashuv tili sifatida qoʻllanadi, xolos.

Chulim tili (Chulim tilida atalishi Ӧs (iyus) tili) — chulim xalqining tili. Turkiy tillar qatoriga kiradi. Shor tili va xakas tililariga yaqin. Markaziy Sibirda, Oltoy togʻlarining shimolida Chulim daryosining yoqasida tarqalgan. Yoʻqolib borayotgan til. Chulim tilida bor yoʻgʻi 50—60 kishi gaplashadi. 2010-yilgi sanoq boʻyicha 365 kishini tashkil qilgan chulim xalqining bor yoʻgʻi 44-tasigina chulim tilida gaplasharkan.

Manbalar[tahrir]