Qoʻmiq tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qo'miq tili
Milliy nomi: къумукъ тил
Mamlakatlar: Dog'iston
Checheniston
Shimoliy Osetiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Dogʻiston
So`zlashuvchilar umumiy soni: 426 212[1]
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Noʻgʻoy-qipchoq ostguruhi
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 kum
ISO 639-3 kum
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qoʻmiq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til; RFning Dogʻiston, qisman Checheniston, Ingushiya, Shim. Osetiya respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 282 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Q.t.da asosan 3 ta: boʻynoq, qaytaq, xasavyurt lahjalari farqlanadi. Ularda fonetik va morfologik tafovutlar mavjud. Q.t. qipchoq guruhiga mansub boʻlsa-da, unda oʻgʻuz tillariga xos belgilar ham kuzatiladi.

Adabiy Q.t. 20-a. boshlarida xasavyurt va boʻynoq lahjalari asosida shakllangan (uning ogʻzaki soʻzlashuv shakli qadimdan mavjud). Yozuvi 17-a. oʻrtalaridan 1928 y.gacha arab grafikasi, 1929—38 y.larda lotin grafikasi asosida boʻlib, 1939 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Q.t.da gaz., jur.lar chop etiladi, koʻplab ijtimoiysiyosiy va badiiy adabiyot, boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun darsliklar nashr qilinmoqda.

Qoʻmiq tili

Qoʻmiq tili — Dog'istonda davlat tili maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Qoʻmiq tilida gaplashuvchilar soni 400—500 ming kishi. Qoʻmiq tili Dogʻistonning olti „adabiy tillarining“ biridir. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan. Qoʻmiq tili turkiy tillarning qipchoq butogʻining gʻarbiy qipchoq guruhiga kiradi. U qorachoy, bulgar, noʻgʻoy, qaraim, qirim tatarlari tillariga juda yaqindir. Qoʻmiq yozma yodgorliklari 16 asrdan belgili. 17-asrdan boshlab Shimoliy Kavkazdagi rus hokimyati bilan aloqada rasmiy til hizmatini bajargan. Qoʻmiqlar qadimdan arab alifbosini foydalanib keldi 1928-yili lotin, 1938-yili kirill alifbosiga almashtirildi. Grammatikasida oʻgʻiz tillarning, Kavkaz xalqlari tillarining taʼsiri ayon. Lugʻat tarkibida rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchiraydi. Qoʻmiq tili qaytagʻ, ter, buynaq, xasavyurt deb nomlanadigan dialektlariga ajraladi.

Orfografiya[tahrir]

Lotin alifbosi (1927—1937)[tahrir]

Qo'miq alifbosi lotin alifbosidagi kitob (1935).
A a B v C c Ç ç D d E e F f G g
Ƣ ƣ H h I i J j K k L l M m N n
Ŋ ŋ O o Ɵ ɵ P p Q q R r S s Ş ş
T t U u V v W w X x Y y Z z Ƶ ƶ

Kirill alifbosi (1937 yildan)[tahrir]

А а Б б В в Г г Гъ гъ Гь гь Д д Е е
Ё ё Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л
М м Н н Нг нг О о Оь оь П п Р р С с
Т т У у Уь уь Ф ф Х х Ц ц Ч ч Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я

Lotin alifbosi (alternativ turi)[tahrir]

A a B b V v G g G‘ g‘ Gy gy D d Ye ye
Yo yo J j Z z I i Y y K k Q q L l
M m N n Ng ng O o O‘ o‘ P p R r S s
T t U u U‘ u‘ F f X x Ts ts Ch ch Sh sh
Shch shch ' ' I i ‘ ‘ E e Yu yu Ya ya

Manbalar[tahrir]