Qipchoq tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Кыпчакский язык
Milliy nomi: {{{milliy nom}}}
Mamlakatlar:
Mintaqalar: Yevroosiyo, Dashti-qipchoq
Rasmiylik holati:
So`zlashuvchilar umumiy soni:
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati: oʻlik
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy oilasi
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Alifbosi:
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2
ISO 639-3
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qipchoq tili - turkiy tillar oilasiga mansub oʻlik til; Dashti Qipchoq choʻllaridan Qora dengiz boʻyi choʻllarigacha boʻlgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida "qipchoq", "qifchoq", yevropa manbalarida "kuman", "koman", "kun", rus manbalarida "polovets" deb atalgan yirik qabilalar ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1052 y.ga mansub.

Q.t. yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Moʻgʻul bosqinigacha boʻlgan Q.t. haqidagi maʼlumotlar oz boʻlib, ular Mahmud Koshgʻariy lugʻati materiallari, 13-a.gacha boʻlgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Moʻgul istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13— 14-a.larda Misrda tuzilgan, muallifi nomaʼlum turkiycha-arabcha lugʻatni ("Tarjumoni turki va ajami va mugʻali"), Abu Hayyonning "Kitob ul-idrok lilison ul-atrok" ("Turkiy tillarni oʻrganish kitobi", 1313), Jamoliddin Turkiyning "Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq" ("Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar uchun mukammal kitob", 14— 1 5-a.lar), nomaʼlum muallifning "Kitob attuhfat uzzakiyyata fil lugʻat it-turkiyya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa", 14-a.) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki, ular Q.t.ni oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Q.t.ning eng yirik yodgorligi — italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda "Kodeks Kumanikus" deb nom olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, "Yangi ahd"dan parchalar xamda duolar tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294 y. yaratilgan bu asarni 1880 y.da Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan.

Q.t. zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors, grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.

Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na polonetskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A., Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.


Qipchoq tili — qipchoq qabilalari tili. Turkiy tillarga mansub. Umumiy dashti-qipchoq nomi bilan mashhur boʻlgan Yevroosiyo mintaqalarida tarqalgan boʻlgan. XIII asrdan boshlab Oltin Oʻrdada xalqaro muloqot tili boʻlgan; keyinchalik qozoq, tatar, boshqird, qorachoy-bolqor, qoʻmiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan. Qipchiq tilida Oʻrta asrlarda Kavkaz va Azovoldidan boʻlgan asir-qipchoqlarning avlodlari hisoblangan Misr mamluklari muloqot qilishni davom ettirdilar. Hozirgi paytda qipchoq qabilalari qozoq qabilalaridan biridir.

Qipchoq va qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) qabilalari oʻzaro aloqalari natijasida yuzaga kelgan va IX asrlardanoq alohida til sifatida shakllangan sharqiy qipchoq nutq turi ham mavjud boʻlgan. Sharqiy qipchoq tili janubiiy oltoy (XIXIV asrlar), fargʻona-qipchoq va qirgʻiz tili (XV asrdan boshlab) xronologik ketma-ketligida tarkibiy qismlarga ajraldi.

Qolgan gʻarbiy qipchoq areali xronologik ketma-ketlikda volga-qipchoq (XIII asrgacha), polovets-qipchoq (XI—XIII asrlar) va noʻgʻoy-qipchoq (XIV—XVI asrlar)ga ajraldi.

Gʻarbiy va sharqiy qipchoq tillarining oʻziga xos farqi au diftongi rivojlanishi hisoblanadi: gʻarbiy qipchoqlarda u saqlangan (tau — 'togʻ', masalan, qozoq tilida), sharqiylarda qadimgi darajada "ou"ga oʻzgargan, keyingi tortiluv bilan birga (qirgʻizcha too, janubiy oltoycha tuu, shevalarda tou).

Shuningdek qarang[tahrir]