Arab alifbosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

أ-alif o`zbek tilida "a" harfiga ohshash harfdir. ب-ba o`zbek tilida "b" harfiga ohshash harfdir.

Arab yozuvi — yozuv turi. G‘arbiy Osiyo, Shim. Afrika mamlakatlarida qo‘llaniladi. O‘ngdan chapga tomon yozi-ladi va o‘qiladi. Arabistonda mil. 4-a.gacha amalda bo‘lgan oromiy yozuvi asosi-da paydo bo‘lgan. Hoz. A. yo.da 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor. A. yo. ning oddingi shakli kufiy yozuv deb atal-gan. Furot daryosi yoqasida joylashgan Kufa sh. olimlarining bitiklari bunga asos bo‘lgan. A. yo.da 12 ta yordamchi bel-gining kashf etilishi, harflarni bir-biridan farq qildiruvchi nuqtalarning qo‘llanishi, ularning miqdori va joy-lashuvi, ya’ni ustki yoki ostki nuqtalar bo‘lishining tayin etilishi bevosita Qur’oni Karim bilan bog‘liq. Islomshu-nos olimlarning guvohlik berishicha, islom yuzaga kelib tarqalgunicha ara-blarda qo‘llanilgan yozuv hijoziy deb atalgan, uni qurayshiylardan Harb ibn Umayya o‘rgangan va o‘rgatgan. Bu ham as-lida anboriy-himyoriy yozuv turi bo‘lib, Hijozda tapqalgan Qur’oni Karim ilk oyatlari shu yozuvda bitilgan. Abu Bakr sahifalari, Usmon mushaflari turli yor-damchi shakl va nuqtalardan xoli yozilgan, unga juz’lar, hiztlar va b. ko‘rsatkichlar alomati qo‘yilmagan. Qur’oni Karim va b. yozma asarlar kufiy yozuvda ham biti-la boshlandi. Chunki bu yozuv oldingisiga qaraganda mukammal edi.Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning bo‘lishini zaruratga aylantirdi. Nati-jada mil. 688 y.da Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv 585(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni (a, i, u) harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qo‘yish bilan belgila-di. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Noto‘g‘ri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Ab-dul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon mushaflarini o‘qishda davom etdilar. Iroqda noto‘g‘ri talaffuz qilish kuchay-ib ketgandan so‘ng , Hajjoj o‘z kotiblari-ga shakli o‘xshash harflarni bir-biridan ajratish uchun belgilar tayin qilishni buyurdi. Nasr ibn Osim bu vazifani o‘z zimmasiga oldi. Natijada, arablar hijriy 1-a. 2-yarmidan, ya’ni umaviylar davrida nuqta va harakat belgilarini qo‘llay boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat belgilarini va Nasr ibn Osim nuqtalarni joriy etishdi.Shunday qilib, hoz. A.yo.ning ilk ko‘rinishi kufiy deb atalgan.18 shakldagi hoz. A.yo. ustki va ost-ki nuqtalar va ularning soni bilan farq qiluvchi 28 harfdan iborat. Omon Musayev.[1]

ت-sa o`zbek tilida bunday harf yoq. ج-jim o`zbek tilida j harfiga ohshash.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil