Dolgan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dolgan tili
Milliy nomi Дулҕан
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1054[1]
Alifbosi Kirill alifbosi
Til kodlari
ISO 639-3 dlg[2]

Dolgan tiliturkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub tillardan biri. RFda Taymir (Dolgan-Nenets) muxtor okrugida, shuningdek, Saxa Respublikasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5 ming kishidan ortiqroq (1990-yillar oʻrtalari). Dolgan tili aloqida rivojlanishi va evenk tilittg taʼsiri ostida qayta qurilishi jarayonida mustaqil til sifatida saxa tilitn ajralib chiqqan. Oʻz navbatida noril, pyasin, avam, xatang va popigay shevalaridan tashkil topgan. Bir qancha fonetik, morfologik jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan, xususan, saxa tilidan farq qiladi.

Dolgan maktablariga moslashtirilgan alifbe 1933-yilda saxa tilida nashr etilgan. 1973-yilla Dolgan tilidagi birinchi kitob — Ogdo Aksyonovaning sheʼrny goʻplami, 1984-yilda esa Dolgan tili alifbesi nashr qilinadi. Baʼzi olimlar (mas, N.A.Baskakov) Dolgan tilini saxa tilining bir lahjasi deb hiyeoblaydilar.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Dolgan tili" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Baskakov N., Vveleniye p izucheniye tyurkskix yazshkov. 2 izd., M. 1969.