Oltoy tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltoy tillari
Janubi-gʻarbiy turkiy
Joʻgʻrofiy
taqsimlanishi:
Lingvistik turkumlanishi:
  • Oltoy tillari
Boʻlinishi:
Altaic family2.svg
Yevroosiyo boʻylab oltoy tillarining tarqalishi

Oltoy tillari — turkiy tillar, moʻgʻul tillari va tungus-manjur tillarini ularning kelib chiqishi bir degan taxmin asosida birlashtiradigan tillar makrooilasini biddiruvchi shartli termin. Ayrim olimlar ushbu makrooilaga koreys va yapon tillarini ham kiritganlar. "Oltoy" atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qad. vataniga ishoradir.

G. Ramsted, N. N. Poppe, Ye. D. Polivanov, V. L. Kotvich, M. Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab boʻlgan: sanab oʻtilgan til oilalaridagi anchagina umumiy leksika; soʻzning tovush tarkibidagi, fonetik va morfologik qurilishidagi oʻxshashliklar (singarmonizm va agglyutinatsiya); soʻz yasalishi va sintaksis sohasidagi kategoriyalarning struktura va mazmun jihatdan bir xilligi yoki oʻxshashligi va b. Shuningdek, deyarli barcha O.t.da maxsus soʻroq yuklamalari mavjud, old qoʻshimcha (prefiks)lar qoʻllanmaydi, egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdoshlarning qoʻllanish doirasi keng va h.k.

Biroq 20-a. 50-y.larida toʻplangan materiallarni yoppasiga oʻrganishdan shu narsa maʼlum boʻldiki, sonlar, tana aʼzolari, yil fayellari va sutka boʻlaklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lugʻaviy guruhlar sohasidagi oʻxshashliklar foizi juda past ekan. Bu holat oltoy bobotilining mavjud boʻlganligini shub-ha ostida qoldiradi.

O.t.ning qarindoshligi haqidagi faraziyani, bir tomondan, materiallar yetarli boʻlmaganligidan, isbotlangan deb hisoblab boʻlmaydi; ikkinchi tomondan, tavsiya etilgan koʻplab chogʻishtirishlarning ishonarliligi tufayli, asossiz, puch deb ham boʻlmaydi. Bu masalani chuqur oʻrganish va uzil-kesil hal qilish oltoyshunoslikning dolzarb vazifalaridandir. [1]

Oltoy tillari — Osiyo va Sharqiy Evropada, Balkandan Magadan viloyatigacha va Taymardan Eron va Ryukyu orollarigacha tarqagan, 60 ga yaqin tillardan iborat[2].

Oltoy tillarida gaplashuvchi xalq soni taxminan 380 million kishi (2004 yilgi sanoq boʻyicha). Tashkil qiluvchi til butoqlari genetik yaqinligi isbotlanmagan: ayrim olimlarning fikricha, ular qadimgi davrdagi tillarning tarang aloqalaridan olingan[3].

Keng tarqalgan taxmin boʻyicha, oltoy tiliga turkiy tillari, mo'g'ul tillari, Tungus-manchjur tillari, maksimal darajada koreys tili yapon-ryukyu tillari kiradi.

Glottoxronologiya maʼlumotlari boʻyicha, qadimgi oltoy tilining boʻlinishi miloddan avvalgi 5000-yil avval tarqagan.

Manbalar[tahrir]