Ozarbayjon tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon tili
Milliy nomi: Azərbaycan dili, آذربايجان ديلی

Azərbaycan-türkcəsi, Azəri dili, Türki, Türki azəri (Eronda), Азәрбајҹан дили

Mamlakatlar: Ozarbayjon, Eron, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Olmoniya, AQSh, Iroq, Turkiya, Suriya, Armaniston, Buyuk Britaniya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon Rossiya bayrogʻi Rossiya ,Dogʻiston bayrogʻi Dogʻiston
So`zlashuvchilar umumiy soni: 20 000 000
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy
Alifbosi: Lotin- (Ozarbayjonda)

Kirill - (Dogʻistonda) Arab yozuvida (Eronda)

Til kodlari
ISO 639-1 az
ISO 639-2 aze
ISO 639-3 aze, azj, azb, qxq, slq
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik
Idioma azerí.png

Ozarbayjon tili - turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln.ga yaqin — 1979 y. maʼlumotlari). O. t. 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shim. (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); jan. (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farqlar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.

O.t. fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farqli jihatlari: O.t. da 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va b. Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hoz. O.t. leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Yozuvi 1929 y.gacha arab grafikasi asosida, 1929—39 y.larda lotin grafikasi asosida, 1939—90 y.larda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992 y.dan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hoz. adabiy O.t. (Ozarbayjon Respublikasida) 19-a.ning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan. [1]

Ozarbayjon tili - Ozarbayjonlarning tili.

Tarixi[tahrir]

Sevalari[tahrir]

Eslatma[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil