Tatar tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatar tili
Milliy nomi: татар теле, tatar tele, تاتار تيلی
Mamlakatlar: Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Finlandiya, Ruminiya, Xitoy, Avstraliya va boshqalari
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Tatariston
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 5 406 110
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Qipchoq-bulgʻor ostguruhi
Alifbosi: Kirill
Til kodlari
ISO 639-1 tt
ISO 639-2 tat
ISO 639-3 tat
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Tatar tili — (tat. татар теле) — turkiy tillar oilasiga mansub til.

Tatar tili — turkiy tillardan biri. Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida, Boshqirdiston, Chuvashiston, Mariy El, Udmurtiya, Mordoviya respublikalari va koʻplab viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyoda, Qozogʻiston va Ozarbayjon respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7 mln. kishiga yaqin (20-a. oxiri). Sezilarli fonetik va morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 3 lahjasi bor: oʻrta, gʻarbiy (yoki mishar), sharqiy (yoki sibir tatarlari lahjasi).

T.t. fonetikasi 10 unli fonemaning mavjudligi, labtish v fonemasining , ch qorishiq undoshining yoʻkligi, baʼzi unlilar pozitsiyasining umumturiy holatdan farqlanishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasida analitik zamon shakllari, yetakchi feʼlning koʻmakchi feʼllar bilan qoʻshilib, harakatning davomiyligi, jadalligi, tugallangantugallanmaganligi kabi maʼnolarni ifodalashi keng tarqalgan. Leksikasida arabcha, forscha, ruscha va rus tili orqali oʻzlashgan baynalmilal soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Eski adabiy T.t. yozma yodgorliklari 13-a.ga mansub. 19-a.ning oʻrtalaridan adabiy til xalq tili bilan yaqinlasha boshlaydi. Hoz. adabiy T.t. fonetik va leksik jihatdan oʻrta lahjaga, morfologik jihatdan gʻarbiy lahjaga yaqin. Yozuvi 1927 y. gacha arab grafikasi, 1927—39 y. larda lotin grafikasi, 1939 y. dan rus grafikasi asosida shakllangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Sovremenniy tatarskiy literaturniy yazik. Leksikologiya fonetika, morfologiya, sintaksis, M, 1969—71; Tatarskaya grammatika v tryox tomax, Kazan, 1993.



Havolalar[tahrir]