Qoraqalpoq tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoraqalpoq tili
Milliy nomi: Qaraqalpaq tili, Қарақалпақ тили
Mamlakatlar:  Oʻzbekiston
Qozog`iston
Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Qoraqalpog'iston
So`zlashuvchilar umumiy soni: 412,000 (1993)
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiyo tillari
Oltoy tillari
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Nogʻay-qipchoq ostguruhi
Alifbosi: lotin, Kirill
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 kaa
ISO 639-3 kaa
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Qoraqalpoq tili - turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, RF va Afgʻonistonda tarqalgan. Q.t.da soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-y.lary oʻrtalari). Q.t., asosan, 2 ta: shim.-sharqiy va jan.garbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lah-jalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Q.t. 20-a.ning 1-yarmida shim.sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski oʻzbek adabiy tilidan foydalanishgan.

Q.t.ning oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, mas, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh b-n; sh esa s undoshi bilan almashadi, mas, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, mas, tav (togʻ), tiy (teg) va b. Q.t.da, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham ancha-gina.

Q.t. yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924 y.da shakllanti-rilgan. 1929—40 y.larda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940 y.dan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999 y.dan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.

Adabiyot[tahrir]

  • Baskakov N.A.. Karakalpakskiy yaznk, t . 1 - 2 , M . - L . , 19 5 1-52; Berdimuratov Ye., Hazirgi zaman qaraqalpoq tilinip lsksikologiyasm, Nokis, 1968; Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazmkov, 2-izd., M.. 1969; Berdimuratov Ye.. Umarov A.. Bekimbetov P., Karakalpakskiy yazj (fonetika, morfologiya, sintaksis), Nukis. 1983.

Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 400 mingga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan.

Oʻzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil)

Alifbosi[tahrir]

Qoraqalporlar asosan Lotin alifbosidan foydalanishadi. Hozirgi qoraqalpoq alifbosi:

A a A‘ a‘ B b Ch ch D d Ye e F f G g
G‘ g‘ H h İ i I ı J j K k L l M m
N n N‘ n‘ O o O‘ o‘ P p Q q R r S s
Sh sh T t U u U‘ u‘ V v Y y X x Z z

Manbalar[tahrir]