Zavqiy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zavqiy (1853—1921) Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi. Zavqiyning «Kelmasa kelmasun netay?» radifli gʻazali oʻzbek mumtoz adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.
Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning «Zamona kimniki?», «Dar mazammati zamona», «Boʻl», «Muncha koʻp» kabi sheʼrlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari boʻlib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.
Zavqiyning «Voqeai qozi saylov», «Qahatchilik» dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.
[tahrir] Manbalar
- Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.
[tahrir] Ilmiy adabiyotlar
- Razzoqov H. Zavqiy. Hayoti va ijodi. T., 1955.
- Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1987.