Qarluq tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarluq tili
Mintaqalar Oʻrta Osiyo
Holati oʻlik
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy oilasi

Turkiy tarmoq
Qarluq guruhi
Til kodlari

Qarluq tili — hozirgi kunda oʻlik boʻlgan qarluqlar tili. Turkiy tillarga mansub. Oʻrta Osiyo mintaqalarida tarqalgan til boʻlgan. VIIIXV asrlarda Qarluq xoqonligida (766940) muloqot tili hisoblangan; keyinchalik chigʻatoy, qoraxoniy tillari asosiga, natijada zamonaviy oʻzbek, uygʻur, ili-turkiy va boshqa ayrim tillarning asosiga kirgan.

Qarluqlar oʻz davlatchiligiga ega edilar, qarluq tili esa, Gʻarbiy-turkiy xoqonlikda, keyinchalik Qoraxoniylar davlati va Chigʻatoy oʻlkasida rasmiy til sifatida xizmat qilgan.

Hozirgi toshkent shevasi (-votti ifodalarida: borvotti, kelvotti, ketvotti, urvotti) qarluq tiliga yaqin boʻlib, bu xususiyatni Tojikiston qarluqlari ham saqlab qolgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]