Miqdor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Miqdor (falsafada) — obʼyekt ning tashqi koʻrsatkichlari (uning kattaligi, soni, hajmi, xossalarining rivojlanish darajasi va h.k.)ni ifodalovchi tushuncha. Birinchi marta M. masalalarini pifagorchilar taxdil qilishga urinib, sonlar tabiatini oʻrganishgan. Aristotel M.ni alohida kategoriya deb hisoblagan. M. hodisalar, narsalar, jarayonlarning sifati bilan muayyan birlikni tashkil etib, bu birlik ularning meʼyori boʻladi. Narsalarning miqdoriy muayyanligi oʻzgarib maʼlum bir meʼyorga yetishi sifat oʻzgarishiga olib keladi. Yana q. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil