Qir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qir — atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolar. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq baland. 200 m dan 500 m gacha deb qabul qilingan. Baʼzan bundan ham baland boʻlgan usti yassi past togʻlar ham Q. deyiladi. Mas, Oʻrta Rossiya, Volgaboʻyi, Qizilqum va Qoraqumdagi togʻlar. Q.lar baland tekisliklar, togʻlarning oqar suv, shamol, nurash natijasida yemirilishidan, tektonik koʻtarilishlar natijasida hosil boʻladi. Q.lardan Oʻzbekistonda chorva mollari uchun yaylov sifatida va bahorikor dehqonchilik qilishda foydalaniladi. Fargona vodiysi landshafti Oʻrta Osiyodagi tipik Q.larga misol boʻladi.