Oltiariq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oltiariq
shahar
Oltiariq tumani.jpg
40°23′30″N 71°28′36″E / 40.39167°N 71.47667°E / 40.39167; 71.47667Koordinatalari: 40°23′30″N 71°28′36″E / 40.39167°N 71.47667°E / 40.39167; 71.47667
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona viloyati
Tuman Oltiariq tumani
Rasmiy til(lar)i O'zbek
Aholisi
18 800
Milliy tarkib O'zbeklar,Ruslar
Konfessiyaviy tarkib Islom
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 40
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Oltiariq на карте
Red pog.png

OltiariqFargʻona viloyati Oltiariq tumanitsagi shaharcha (1980 yildan). Tuman markazi. 470 m balandlikda. Viloyat markazi (Fargʻona shahri) dan 36 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltiariq (6 km). Aholisi 11 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, uygʻur, tatar, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. O.dan MargʻilonQoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Aholi orasidagi rivoyatda shaharchaning qad. nomi Laylakxona yoki Laklakxona (ahrli zich joylashgan yer maʼnosida) boʻlgan deyiladi. Oltiariqsoy Qapchigʻay darasida 6 qishloq (Povulgʻon, Polosoy, Laylakxona, Yangiqoʻrgʻon, Joʻra va Kitkon) ariqlariga boʻlingan. O. nomi shundan kelib chiqqan va keyinroq shaharcha va tuman nomigaoʻtgan. Xonlikdavrida (18— 19-asrlar) O. Margʻilon viloyati Oltiariq bekligining markazi boʻlgan.

O.ning Bugʻdoychi mahallasida oʻtmishda xonlarning Kichik Oʻrda deb nomlangan yozgi qarorgohi joylashgan (hozirgi Oʻrdaning paxsa devori krldiklari saklangan).

Shaharchada tuman hokimiyati bino-si, maʼmuriy idoralar, 50 dan ziyod sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari va boshqa muassasalar bor. "Paxta-bank", "Asakabank", Xalq banki, dehqon bozori, 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 3 jamoat kutubxonasi, tuman tarixi muzeyi, tennis korti, markaziy kasalxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. "Motamsaro ona" haykali oʻrnatilgan markaziy xiyo-bon, Mustaqillik maydoni mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:WikipediaNebula