Bulbul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulbul (taxallusi; asl nomi Murtaza Meshadi Rizo o‘g‘li Mamedov) (1897.12.6, Shusha tumani Xonbog‘i qishlog‘i — 1961.26.9, Boku) — ozarbayjon xonandasi (lirikdramatik tenor) va musiqashunosfolklorshunos, ozarbayjon musiqali teatri asoschilaridan. Dastlab xalq xonandasi sifatida tanilgan. 1920-yildan Ozarbayjon musiqali teatrlarining yetakchi artisti. Boku konservatoriyasida (1927), Italiya (Milan, "La skala", 1931)da ta’lim olgan. 1932 yildan Boku konservatoriyasining o‘qituvchisi, 1940-yildan prof. Ozarbayjon i.t. musiqa kabineti tashkilotchisi va rahbari (1932—44). Folklor ekspeditsiyani boshqarib, 200 dan ortiq xalq qo‘shig‘ini yiqqan. B. 40 yillik ijrochilik faoliyati mobaynida asl ozarbayjoncha milliy kuylash uslublarini Yevropa xonandalik san’ati bilan uzviy bog‘lashga muyassar bo‘lgan. Majnun (U. Hojibekov, "Layli va Majnun"), Gersog (J. Verdi, "Rigoletto"), G‘arib (R. Glier, "Shohsanam"), Aliyor (M. Mag‘omayev, "Nargiz") kabi yorqin obrazlar yaratgan. Eng mashhur roli Ravshan (U. Hojibekov, "Ko‘r o‘g‘li")ni 400 marta ijro etgan. O‘zbekistonga bir necha marta kelib, o‘z san’atini namoyish qilgan.

Gallery[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil