Turkum:Sajda oyati bor suralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qurʼoni karimning quyidagi 14 ta surasida sajda oyatlari bor[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Аʼrof – 206-oyat; 2. Raʼd – 15-oyat; 3. Nahl – 50-oyat; 4. Isro – 107-oyat; 5. Maryam – 58-oyat; 6. Haj – 18-oyat; 7. Furqon – 60-oyat; 8. Naml – 25-oyat; 9. Sajda – 15-oyat; 10. Sod – 24-oyat; 11. Fussilat – 37-oyat; 12. Najm – 61-oyat; 13. Inshiqoq – 21-oyat; 14. Аlaq – 19-oyat.

Mana shu oyatlardan birini oʼqigan yoki eshitgan kishi (forscha oʼqisa ham) maʼnosini tushunadimi yoki yoʼqmi, eshitishni xohlaganmi yoki yoʼqmi, tilovat sajdasini qilishi vojib boʼladi. Faqatgina hayz koʼrgan va nifos holatidagi ayollar bu oyatlarni eshitsalar sajda qilmaydilar. Tahoratsiz yoki junub kishi sajda oyatlarini eshitsa, sajda qilishi vojib boʼladi (yaʼni, poklangach, sajda qiladi). Tilovat sajdasini kechiktirish tanzihiy makruh hisoblanadi (yaʼni, imkoni boricha tezroq qilgani yaxshi).

Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday dedilar:

عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم إذا قرأ بن آدم السجدة اعتزل الشيطان يبكي يقول يا ويله أمر بالسجود فسجد فله الجنة وأمرت بالسجود فعصيت فلي النار

“Odam bolasi sajda (oyati)ni oʼqiganda shayton undan yigʼlab uzoqlashadi. Аytadiki, ey voh! (inson) sajdaga buyurildi va sajda qildi, unga jannat boʼldi. Sajda qilishga buyurildim va osiylik qildim, doʼzaxiy boʼldim” (Imom Аhmad ibn Hanbal rivoyati).

Oʼzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati.

„Sajda oyati bor suralar“ turkumidagi sahifalar

Quyida ushbu turkumga kiruvchi 15 ta sahifadan 15 tasi koʻrsatilgan.