Muhammad Amin inoq
Muhammad Amin inoq ( 1730—1790. 14.4) — Xiva xonligini idora qilgan oʻzbek qoʻngʻirot sulolasi asoschisi. Inoqlardan. M.Muhammad amin inoq 1761 yil inoklik lavozimiga koʻtarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur kabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin mu-vaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga Gʻoyibxonning oʻgʻli Jahongirxonni koʻtarganlar. Uning davrida (1769—70) besh qalʼa (Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobod)da ocharchilik va vabo tarqalib oʻzbeklar Orol va Buxoroga ketganlar. 1770-yil M. Muhammad amin inoq Buxorodan qaytib kelib yovmutlarni Xorazmdan quvgʻin qilgan, Taxtga Abulxayrxonning oʻgʻli Boʻlakayxonni oʻtqazgan. M.Muhammad amin inoq xon avlodidan boʻlmagani uchun taxtga qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib, hokimiyatni ular nomidan boshqara boshlagan. M.Muhammad amin inoq 20 yil mobaynida 13-marta Xiva xonini almashtirgan. Xorazmlik tarixchilar (Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar) M.Muhammad amin inoq xususida ancha iliq fikr biddirganlar. M.Muhammad amin inoq davrida Xiva shahrida Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi (1765), shaharning Nodirshoh bosqinida vayron boʻlgan devori va darvozalari qayta tiklandi (1785), Xivaning Jome masjidi qayta qurilib, uning yonida chiroyli minora qad koʻtargan (1789).
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Kamolov S. K., Karakalpaki v XVIII-XIX vv., T., 1968; Yoʻldoshev M. I., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |