Elbarsxon II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elbarsxon II
Mansab davri
1728 – 1740
Oʻtmishdoshi Shergʻozixon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Nomaʼlum
Otasi Shohniyozxon

Elbarsxon II (??? — 1739-yil 27-noyabr) — Xorazm (Xiva) xoni (1728—39). Shohniyozxon oʻgʻli.

Elbarsxon davrida mamlakatda ichki nizolar davom etgan. 1736-yil Shergʻozixonnshi katta oʻgʻli Ergʻozi sulton Shohobodda unga qarshi kurash boshlagan. Xonlikdagi mangʻitlar va qoraqalpoqlar ham bosh koʻtargan. Elbarsxon ularga qarshi kurash bilan bir Qatorda qoʻshni davlatlar hududiga ham chopqunlar uyushtirgan. 1736-yil Elbarsxon 3 ming turkman askarlarini Chin Vakil yovmut boshchiligida Xurosonga joʻnatgan. Bu qoʻshin Mand tekisligi va Olatogʻ atrofida qizilboshlilar qoʻshini ustidan zafar qozonib, katta oʻlja bilan qaytgan. Bu paytda Nodirshoh Shemaxani bosib olib Ganjada turgan edi. 1738-yil Nodirshohning oʻgʻli Rizoquli mirza Balxni egallab, Movarounnahrga yurish boshlagan. Buxoro xoni Abulfayzxon Elbarsxondan koʻmak soʻragan. Elbarsxon katta koʻshin bilan Buxoroga otlangan, biroq yoʻlda Abulfayzxonni qizilboshlilar bilan sulh tuzganidan voqif boʻlgach, orqaga qaytgan. 1739-yil fevralda Elbarsxon oʻzbek va turkmanlardan tashkil topgan qoʻshin bilan Xurosonga yurish qilib, Niso va Obivard atrofini talontoroj qilib Xivaga qaytgan. 1739-yil oktabrda Nodirshoh Buxoroni olib, Xivaga qoʻshin tortgan. Tuyamoʻyin, Pitnak, Hazoraspda xivaliklar magʻlub boʻlgan. Eron qoʻshini Xonqani 7 kunlik qamaldan soʻng egallagan, Elbarsxon va uning 20 ta amiri asir olingan. Nodirshoh ularni qatl ettirib, Xivaga yurish qilgan va 3 kunlik qamaldan soʻng uni bosib olgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Materialn po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vv., AlmaAta, 1969.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]