Qoʻngʻirot sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻngʻirot sulolasi - Xiva xonligini idora etgan oʻzbek xonlari sulolasi (1770—1920).

Asoschisi — Muhammad Amin inoq. U yovmutlardan boʻlgan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. Muhammad Amin inoq va oʻgʻli Avaz Muhammad inoq taxtga chingiziy qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib davlatni amalda oʻzlari boshqargan. Eltuzar 1804 yil Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802-04)ni taxtdan tushirib oʻzini xon deb eʼlon qilgan.

Oʻzbek Qoʻngʻirot sulolasi vakillari: Muhammad Amin inoq (1770—90), Avaz Muhammad inoq (1790-1804), Eltuzarxon (1804-06), Muhammad Rahimxon I (1806—25), Olloqulixon (1828—42), Rahimqulixon (1842—45), Muhammad Aminxon (1845 — 55), Abdullaxon (1855-56), Qutlugʻmurodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-64), Muhammad Rahimxon II (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-18). Said Abdullaxon (1918-20).

Yosh xivaliklar qizil armiya yordamida 1920 yil 2 fevralda Said Abdullaxonni taxtdan tushirib Xiva xonligi tugatilganini eʼlon qilishgan.

Manbalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Dzhabbarov I. Drevniy Khorezm — strana vysokoy kultury i unikalnoy dukhovnosti (Etno-istoricheskiye ocherki) Moskva : Institut etnologii i antropologii RAN, 2014.
  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
  • Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil