Shergʻozixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shergʻozixon (?, Buxoro 1727-yil dekabr, Xiva) – Xiva xoni (1715—27), Xorazm xoni (1715 – 1728). Jontoʻraxonning oʻgʻli. Madrasada tahsil olgan. 1715-yil Yodgorxon vafotidan soʻng, Buxorodan keltirilib Xiva taxtiga oʻtqazilgan. shahriga qarshi Orol boʻyida yashovchi qoraqalpoqlar Ishimxon boshchiligida isyon koʻtarishgan. Sh. ular ustiga qoʻshin tortib katta oʻljalar, koʻplab asirlar bilan qaytgan. 1715-yil Sh. Xurosonga yurish qilib Mashhadni egallagan, Nishopurni qamal qilib egallay olmagan (1716). Sh. davrida Pyotr I tomonidan yuborilgan Bekovich Cherkasskiy josuslik ekspeditsiyasi qirib tashlangan (1717). Rossiya Xiva xonligini oʻz taʼsir doirasiga kirita olmagach, har ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Vaziyatni yumshatish uchun 1720-yil Xiva elchilari Rossiyaga joʻnatilgan, lekin elchilik aʼzolari qamoqqa olingan, ulardan atigi bir kishigina Xivaga qaytishga muvaffaq boʻlgan. Rossiya hukumati Xiva xonligi orqali Oʻrta Osiyoga kirib kelish fikridan voz kechmagan, bu paytda Rossiyada Buxoro xonligining Qulibek (qarang Xonquli toʻpchiboshi) boshchiligidagi elchilari bor edi. Rossiya hukumati F. Beneveniii ularga qoʻshib Buxoroga joʻnatgan va Buxoro xonligini Xivaga qarshi gijgijlagan. Qalmiqlar xoni Ayuqaning shahriga yuborgan maʼlumotiga koʻra (1723-yil may), rus qoʻshinlari Saratovda toʻplanib, 1724-yil bahorida Xivaga yurishga tayyorgarlik koʻrishgan. Sh. Orol boʻyidagi isyonkor qabilalar ruslarni Xivaga boshlab kelishidan va oʻrniga Buxorodan keltirilgan (1721) Temur sulton (Shoh Temur)ni xon qilib koʻtarishlaridan xavotirda edi. Temur Sulton xonlikdagi Vazir, Gurlan, Shohobod, Bagʻlon, Uygur, Yangi Urganch, Xonqa va Xazoraspni olgan boʻlsada, butun xonlikni egallay olmagan. Xonlikdagi ichki urushlar Sh. vafotiga qadar davom etgan. Sh. Xivadagi madrasa (Shergʻozixon madrasasi) qurilish chogʻida mashhadlik gʻulomlar tomonidan oʻldirilgan. Munianing yozishicha, Sh. odil, maʼrifatparvar hukmdor boʻlib, koʻp vaqtini ilm ahli bilan suhbatda oʻtkazgan. Uning davrida ilm-fan va sheʼriyat rivojlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva – 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil