Jome masjid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jome masjid — shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar eʼlon qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan maxsus bino. Shahar tashqarisida musallo, namozgox. Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan uning tuzilishi salobatli. Oʻrta Osiyoda J. m.ning umumiy tarxi murabba yoki toʻgʻri toʻrtburchakli xonaqox boʻlib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (jan. va sharqiy yoki shim. va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan oʻralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki toʻsinli. Ayvon va xonaqox kattaligi toʻsinlar soni va qatori bilan belgilangan, baʼzan xonaqoh 1, 2, 4 gumbazli, ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga muljallangan mezana va hovli oʻrtasida hovuz boʻlgan. Buxoroda birinchi J. m. 713 y. Qutayba ibn Muslim tomonidan ishga tushirilgan. Ushbu masjid uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi moslashtirilgan. 14—15-a.larda J. m. qurilishiga davrning mashhur meʼmor va muxandislari safarbar qilingan (q. Al-masjid al-Aqso, Al-masjid al-Harom, Masjidi kalon, Bibixonim jome masjidi, Dehli jome masjidi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil