Arab Muhammadxon
![]() | |
Mansab davri 1603 — 1621 | |
Oʻtmishdoshi | Hoji Muhammadxon |
---|---|
Vorisi | Habash sulton |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1570 yoki XVI asrning 2-yarmi |
Vafoti | 1621 |
Otasi | Hoji Muhammadxon |
Mansubligi |
Arab Muhammadxon (16-asrning 2-yarmi – 1623) – Xorazm (Xiva xonligi)da 1602-1623-yillarda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining oʻn birinchi vakili (1602-23).
Xorazm xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) (1598–1602)ning kenja oʻgʻli. Otasi hayotligida Xiva hokimi boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng 1602-yil xonlik taxtiga chiqqan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishicha, uning davrida Xiva xonligiga Yoyiq kazaklari ataman Aborkin (1602) va ataman Nechay boshchiligida (1603) bostirib kirib yurtni va poytaxt Urganchni talon-taroj etganlar. 1620 va 1621-yilda qalmoqlar Xorazmga yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning ma’muriy tuzilishiga salbiy ta’sir etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning oʻz yerida shaxsiy idora ap-parati – oʻz a’yonlari, xazinasi, yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqa boʻlgan. 1623-yilda oʻgʻillari Habash va Elbars sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda A. M. yengilib, Qum qal’aga qamalgan va oʻsha yerda vafot qilgan. A. M. mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan, chunonchi u Arab Muhammadxon madrasasini qurdirgan va Toʻq qal’a yonida kanal qazdirgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
- Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
- Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
- Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |