Yovmut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yovmut — turkman qabilalaridan biri. Yo.lar 19—20-asrlarning boshida Xorazm, Shim. va Gʻarbiy Turkmanistonda, Eronning Astrobod viloyatida yashagan. Ular bir kancha tira — boʻgʻin (otli temir, qutli temir) larga, tiralar urugʻlarga boʻlingan. Urugʻlardan eng yiriklari; qora chaqa, bayramshali, sharifjafarbayli, otabayli; kichiklari: sallax, okuz, oʻrsukchi, ushak, gujak va b. 19-asrning oxirlarida Rossiya bilan Eron oʻrtasida chegara belgilanganda Yo.larning bir qismi Rossiya bosib olgan joylarda, bir qismi Eron hududida qolib ketdi. Eron hududida yashaydigan Yo.lar orasida tiraurugʻlarga boʻlinish saqlanib kelayotgan boʻlsa, Turkmanistonning (Toshhovuz viloyati)dagi Yo.lar turkman xalqi tarkibiga singib ketdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil