Anushaxon
Abulmuzaffar Muhammad | |
---|---|
Anushaxon | |
Xiva xoni | |
Oʻtmishdoshi | Abulgʻozixon |
Vorisi | Xudoydodxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Nomaʼlum |
Vafoti |
1687 Xiva |
Anushaxon, Abulmuzaffar Muhammad (7-1686) – Xiva xoni (1664-86). Shayboniylardan. Abulgʻoziy Baxo-dirxonning oʻgʻli.
Buxoro xoni Abdula-zizga qarshi jang (1657)da qahramonlik koʻrsatib, jang taqdirini xivali-klar foydasiga hal qilgan va otasini oʻlimdan saqlab qolgan. Buning uchun ot-asi A.ga tug, lashkar va Hazorasp shahrini in’om etgan va Xivada uning nomiga katta hammom qurdirgan (qarang Anushaxon hammomi). A. taxtga oʻtirgach, xonlik che-garalarini mustahkamlash uchun Yangi Kot, Shohobod qal’alarini qurdirgan. Soʻng, 1686-yil Buxoro xonligiga yurish qilib, Gʻijduvon, Hazora, Samarqand, Qarshi va Shahrisabzni egallagan. A. davrida Qoraqalpogʻistondagi Sulton Vays bobo va Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbaralari, Oq masjid ta’mirlangan, "Shajarayi turk" asari oxiriga yetka-zilgan. A. Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etilgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |