Nodirshoh Afshor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nodirshoh Afshor (1688.22.10, De-regyoz — 1747.20.6, Xabushon) — Eron shoqi (1736—47), kizilboshlilarnit afshor qavmidan boʻlgan. Xurosonda harbiy qoʻmondon sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. 1726 yilda safaviylar shohi Taxmasp II (hukmronlik davri: 1722— 32)ning harbiy xizmatiga oʻtib, Mashhaddan afgʻonlarni quvib chiqargan. Hirotdagi afgʻonlarning abdal va Xurosondagi turkman qabilalariga qarshi kurashda gʻolib kelgan (1729). Eronni bosib olish uchun urush boshlagan Usmonli turk sultonligiga qarshi samarali kurashi N.ning nufuzini oshirgan (1730—31). Taxmasp II ni taxtdan agʻdarib, uning oʻgʻli Abbos III ni shoh, oʻzini esa unga homiy (regent) deb eʼlon qilgan (1732). Turklar bilan urush tugagach, Eron shohi boʻlgan (1736). N. Safaviylar davlati oʻrnida Eronda markazlashgan yirik davlatga asoslangan imperiya tashkil qilgan. Qoʻshni davlatlarga qarshi talonchilik yurishlari oʻtkazib, Armaniston, Ozarbay-jon, Gruziya, Dogʻiston, Afgʻoniston, Belujiston, Urta Osiyoning katta kismi, Shim. Hindistonni bosib olgan. Buxoro xonligiga qarshi uning yurishi dastlab muvaffaqiyatsiz tugaydi. N.ning katta oʻgʻli Rizoquli mirza 1200 kishilik lashkari bilan Amudaryodan oʻtib, Qarshini qamal qilgan. Muhammad Hakimbiy otaliq va Buxoro xoni Abulfayzxon shahar ichida turib dush-manga qarshi kurashganlar. Buxoroliklarning ittifoqchisi Xiva xoni Elbars (hukmronlik davri: 1728—1740) katta qoʻshin bilan yetib kelgach, Rizoquli mirza shoshilinch sulh tuzadi va orqaga qaytadi (1736). Biroq N.ning oʻzi katta qoʻshinga bosh boʻlgach, Balxni egallab, Buxoro ustiga yurish qilganida uni Muhammad Hakimbiy va oʻgʻli Muhammad Raxim qoʻllab-quvvatlaydi (1740). Buxoro ustidan siyosiy hokimiyat oʻrnatilgach, u Xiva xonligiga qarshi yurish qiladi. Xonqani egallash paytida Xiva xoni Elbars oʻldirilgan (1740). N. hukmronligiga qarshi Xiva va Buxoroda bir necha marta qoʻzgʻo-lonlar koʻtarilgan. Eronda ham ichki nizolar va saroy fitnalari kuchayadi. N. Xuroson noibi, oʻzining jiyani Aliqulixon tomonidan Mashhadda oʻldi-rilgan. Aliqulixon oʻzini Odilshoh nomi bilan shoqdeb eʼlon qilgan. N.ning oʻlimi bilan Eron davlatining markazlashtirish jarayoni toʻxtab qolgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirza Abdal’azim Sami, Tarixi salatin-i mangitiyya, M., 1962.

Qahramon Rajabov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil