Muhammad Amin inoq madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Muhammad Amin inoq madrasasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Muhammad Amin inoq tomonidan qurdirilgan. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Muhammad Amin inok va uning oʻgʻli shu madrasaga dafn qilingan deb taxmin qilinadi. Madrasa bosh tarzi maydonga qaragan. Jan. peshtokdan 3 gumbazli miyonsaroy orqali toʻgʻri toʻrtburchak tarxli hovliga (25,4x24 m) kiriladi. Hovli atrofida bir qavatli hujralar va qarama-qarshi joylashgan 2 ayvon bor. Hovlining kesik burchaklaridan hujraga kirish uchun tor yoʻlaklar ishlangan. Miyonsaroy Oʻrta Osiyo mumtoz meʼmorligiga xos boʻlmagan tarzda ishlangan. Uning gumbazlari oʻzaro ravoklar orqali bogʻlangan. Gʻarbdagisi kengroq hajmda boʻlib, ayvon vazifasini oʻtagan. Unga masjidning gumbazli zali tutashgan. Peshtoqining 2 qanotida 1 qavatli, 2 qatorli hujralar va burchaklarida guldastalar, darsxona va masjid joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil