Idris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Idris alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)
Idris alayhissalom

Idris — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, I. yer yuzida 365 y. yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh "yuksak martabaga koʻtargan" (Qurʼoni karim, 19:56—57). Islomshunoslar I.ni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida krldirilgan. I. islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari "abadiy barhayot" qisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil