Zakariyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zakariyo alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Zakariyo — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, Yahyoning otasi. Qurʼonda 8 joyda zikr qilingan, uning nasabi haqida biron narsa deyilmagan. Qurʼonda aytilishicha, Maryamni tarbiyalayotgan 3. gʻoyibdan qizga har kun turli taomu sharbatlar, yangi mevalar inʼom etilayotganini koʻradi. Bu Allohning marhamati ekanligini, uning har narsaga qodirligini biladi va qarib, zaif boʻlib qolgani, befarzandlik dogʻi kuydirayotganini arz etib iltijo bilan Allohdan farzand soʻraydi. Alloh maloikalarni yuborib, unga farzand ato etishligi bashoratini beradi. Farishtalar unga nido qildilar: "(ey, Zakariyo), Alloh senga Allohning soʻzini tasdiq etadigan, (oʻz qavmiga) xoja boʻladigan, (shahvatlardan oʻzini) tiyadigan va soliq paygʻambarlardan boʻladigan Yaxyo ismli farzand xushxabarini berur" (3:39). Shunda 3., menga keksalik yetgan, xotinim tugʻmas boʻlsa, mendan qanday farzand boʻlsin, dedi. Z.ga belgi berildi: uch kungacha Z.ning tili Allohning zikridan oʻzga soʻzga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imoishora bilan muomala qildi. Bu Z.ning xotini homilador boʻlganidan darak edi. Rivoyatda aytilishicha, 3. shaytonning sotqinligi tufayli shaxid boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil