Malala Yusufzay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malala Yusufzay pushtucha: ملاله یوسفزۍ'
Shinzō Abe and Malala Yousafzai (1) Cropped.jpg
Tavalludi 2-iyul 1997-yil
Mingora,Pokiston
Fuqaroligi Pokiston
Turmush oʻrtogʻi Asser Malik
Ota-onasi Ziyauddin Yuzufzoy- Turpekoy Yuzufzoy
Taʼlimi Oksford
Mukofotlari Nobel mukofoti , Anna Politivskaya mukofoti, Saxarova mukofoti

Malala Yusufzay (pushtucha: ملاله یوسفزۍ ; tugʻ. 1997-yil 12-iyul[1], Mingora)[2] — pokistonlik inson huquqlari faoli, butun dunyo boʻylab ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatini himoya qiladi. Oʻz faoliyati uchun u 2012-yilda " Tehrik-e Tolibon Pokiston " terrorchilik harakati jangarilari tomonidan ogʻir yaralangan. Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati (2014).

Blog[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil boshida, 11-yoshida, Yusufzay BBC uchun yozgan blogi orqali dunyoga tanilgan. Blogda u Tolibon rejimi ostidagi hayoti, ularning Svat vodiysini nazorat ostiga olishga urinishlari va qizlar uchun taʼlimni rivojlantirish borasidagi fikrlari haqida keng gapirib bergan. 2009-yil oxirida Pokiston harbiylari jangarilarga qarshi keng koʻlamli hujum boshlagan, bu esa Tolibonni Svat vodiysidan haydab chiqarishga olib kelgan. Malala Yusufzay eʼlon qilgan voqealar jarayoniga bagʻishlangan blogida har yili boʻlib oʻtadigan Pokiston yoshlar tinchlik mukofoti tanlovida birinchi oʻrinni egallagan.

2012-yilda u Svatdagi Xalqaro marksistik tendentsiya tomonidan tashkil etilgan yozgi maktabda qatnashgan[3].

Suiqasd qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 9-oktabrda Malala Yusufzay maktabdan uyga maktab avtobusida qaytayotganida avtobusni niqobli, qurolli shaxslar toʻxtatgan. Jangarilardan biri avtobusga chiqib, bolalardan qaysi biri Malala ekanligini soʻray boshlagan. Uning shaxsi aniqlangach, bir tolib qizga oʻq otgan. Oʻq Malalaning boshidan, boʻynidan yelkasidan toʻgʻridan toʻgʻri oʻtib, Malalaning orqasida oʻtirgan ikki qiz ham natijada oʻqdan jarohatlangan. Malala ogʻir ahvolda Peshovar shahridagi harbiy gospitalga yetkazilgan. Qiz komaga tushgan, uning tirik qolish ehtimoli juda kam edi.

Pokistondagi 50 nafar islomiy ulamolar guruhi uni oʻldirmoqchi boʻlganlarga qarshi fatvo chiqargan.

AQSh prezidenti Barack Obama va birinchi xonim Michelle Obama Oq uyda Malala Yusufzay bilan uchrashdi, 2013-yil

Malalaning ahvoli barqarorlashganida, Pokiston hukumati uning Buyuk Britaniyaga uchib ketishini tashkil qilgan. Qiz Birmingemdagi shifoxonada davolanishni boshlagan . Uning otasi qizi Buyuk Britaniyadagi reabilitatsiya kursidan soʻng Pokistonga qaytishi haqida bayonot bergan[4].

2012-yil 16-oktabrda Pokiston ichki ishlar vaziri Rahmon Malik Malalani „Tolibonning ayollar taʼlimiga nisbatan zolim pozitsiyasiga qarshi ochiq gapirgani uchun“[5] Jasurlik Yulduzi Ordeni bilan taqdirlanganini eʼlon qildi. Orden 2013-yil 24-mart kuni Londondagi tantanali qabulda Buyuk Britaniyadagi Pokiston oliy komissari Sayid Ibni Abbos[6] tomonidan shaxsan taqdim etildi.

Malala kasalxonadan 2013 -yilning 4-yanvarida chiqdi[7].

Qoʻshimcha biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 12-iyulida, Malala 16 yoshga toʻlgan kunida BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida chiqish qildi.

Malala BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida nutq soʻzlamoqda, 2013-yil

2013-yil 8-oktabrda Buyuk Britaniyadagi Weidenfield & Nicolson va AQSHdagi Little,Brown and Company nashriyotida ingliz jurnalisti Christina Lamb bilan hammualliflikdagi Malalaning " Men Malalaman: Taʼlim uchun kurashgan va Tolibon tomonidan otib tashlangan qizning hikoyasi " nomli avtobiografiyasi chop etildi). Shu kuni kitobning chiqarilishini sharhlar ekan, Tolibon vakili Shahidulloh Shahid Pokistonning The Daily Nation gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi: „Agar bizda yana bir imkoniyat boʻlsa, biz uni albatta oʻldiramiz. Islom ayollarni oʻldirishni taqiqlaydi, ammo dinimizga qarshi urushda kofirlarni qoʻllab-quvvatlayotganlar uchun bu taqiq istisno boʻlishi mumkin“[8] Kitob 2014-yilda toʻrtta hind tiliga tarjima qilingan: kannada, malayalam, maratxi, tamil[9]. 2015 — yilda rus tilida „ Men Malalaman. Butun dunyoni larzaga keltirgan jasoratlikning noyob hikoyasi“ " Azbuka-Attikus " nashriyotida chop etilgan.Neela Vaswani tomonidan rivoyat qilingan audiokitobi uchun2015-yilda „Bolalar uchun eng yaxshi albom“ "Grammy "mukofotiga sazovor boʻldi[10].

2013-yilda u Anna Politkovskaya mukofoti[11] va Saxarov mukofoti[12] ni oldi.

2014-yilda u Kailash Satyarthi bilan birgalikda "bolalar va yoshlar zulmiga qarshi hamda bolalarning taʼlim olish huquqi uchun kurash " Nobel Tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi[13]. 17 yoshida tarixidagi eng yosh Nobel mukofoti sovrindori boʻldi[14].

2015-yil 12-iyulda Malala Suriyadan kelgan qochqin qizlar uchun Livanda maktab ochdi[15].

2014-yilda u Konstitutsiya milliy markazi tomonidan Filadelfiya Ozodlik medali bilan taqdirlangan[16][17].

Malala Yusufzayning amerikalik yosh jurnalist va yozuvchi Hilde Lisyak bilan boʻlgan intervyusida qizlarning bepul va sifatli taʼlim olish uchun kurashi haqida soʻz bordi[18].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning martidan 2017-yilning iyuligacha Yusufzay Birmingemdagi Edgbaston qizlar oʻrta maktabida oʻqigan. 2015-yil avgust oyida u maktab yakuniy imtihonlari uchun Britaniya GCSE[en] imtihon tizimida 6 ta yuqori A * bahosini (5+) va 4ta A (5) bahosini[19] oldi. U geografiya, tarix, matematika va diniy fanlarni oʻrgangan. Shuningdek, Durham universiteti, Uorvik universiteti va London iqtisodiyot va siyosat fanlari maktabiga hujjat topshirdi, Yusufzay 2016-yil dekabr oyida Oksforddagi Ledi Margaret Xoll kollejida suhbatdan oʻtdi va agar kamida uchta yuqori darajadagi murakkablikdagi imtihonlarda oʻrta maktab kursi uchun aʼlo „A“ baholarini olsa, kirish taklifini qoʻlga kirishini aytishdi. U ushbu imtihonlardan toʻrttasini topshirdi va 2017-yil avgust oyida falsafa, siyosat va iqtisod fanlarini oʻrganish boʻyicha oʻqishga qabul qilindi[20]. 2020-yil iyun oyida u Oksford diplomini oldi[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Memmot, Mark. „Taliban Say They Shot Teenaged Pakistani Girl Who Exposed Their Cruelty“. NPR (9-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2012-yil.
  2. „Биография Малалы Юсуфзай“ (ru). РИА Новости (10-oktabr 2013-yil).
  3. Alan Woods. IMT sympathiser shot in Swat — Barbarism must not prevail!
  4. Malala to return to Pakistan despite threats — Europe — Al Jazeera English
  5. „Rehman Malik announces Sitara-e-Shujaat for Malala“. Andoza:Нп5 (16-oktabrya 2012). Qaraldi: 17-avgusta 2017.
  6. „Pakistan Day reception in London. High Commissioner conferred Sitara-i-Shujaat on Malala Yousafzai on behalf of the President of Pakistan“. Высшая комиссия Пакистана (24 марта 2013). 18-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17 августа 2017.
  7. „Malala discharged from hospital – The Express Tribune“. 6-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-yanvar 2013-yil.
  8. Pakistanskie talibi vnov poobeщali ubit devochku-blogera
  9. K.V. Aditya Bharadwaj. „Malala’s memoir in Kannada“ (en). The Hindu (15-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2015-yil.
  10. „India's Ricky Kej, Neela Vaswani grab Grammys“ (en). The Times of India (9-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2015-yil.
  11. „Malala Yousafzai“. Премия имени Анны Политковской. Qaraldi: 27 августа 2017.
  12. „Malala Yousafzai receives 2013 Sakharov Prize for Freedom of Thought“. Европейский парламент. Qaraldi: 27 августа 2017.
  13. „Malala Yousafzai“. Нобелевский комитет. Qaraldi: 27 августа 2017.
  14. „Nobel Laureates by Age“. Нобелевский комитет. Qaraldi: 27 августа 2017.
  15. „Юная правозащитница открыла школу в Ливане“ (ru). New Tang Dynasty Television (13 июля 2015). 13-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-iyul 2015-yil.
  16. „Malala Yousafzai“. Национальный центр конституции. Qaraldi: 27 августа 2017.
  17. „Malala Yousafzai receives Liberty Medal in Philadelphia“. Национальный центр конституции (21 октября 2014). 28-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27 августа 2017.
  18. «Я работаю на людей, а не на полицию». Известной журналистке угрожают тюрьмой и советуют уйти по-хорошему. Ей 12 лет. https://lenta.ru/articles/2019/02/27/hilde_lysiak/. 
  19. „Malala Yousafzai celebrates string of A* grades at GCSE“ (en). the Guardian (21-avgust 2015-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
  20. Hill, Amelia. „Schoolgirl campaigner Malala Yousafzai wins Oxford university place“. The Guardian (17-avgust 2017-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
  21. „Malala Yousafzai completes Oxford University exams“. BBC News (19-iyun 2020-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]