BBC News

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BBC News — BBC ning operatsion boʻlimi[1] boʻlib, yangiliklar va dolzarb voqealarni toʻplash va translyatsiya qilish uchun mas’uldir. Bu boʻlim dunyodagi eng yirik radioeshittirish yangiliklar tashkiloti boʻlib, har kuni taxminan 120 soatlik tele va radio eshittirishlarini, shuningdek, Internet yangiliklarini yoritadi[2][3]. BBS News butun dunyo boʻylab 250 dan ortiq muxbirlari bilan birga 50 ta xorijiy axborot byurolariga ega[4]. 2018-yil yanvar oyidan boshlab, yangiliklar va dolzarb ishlar boʻyicha direktor Fran Ansvort hisoblanadi[5][6].

Boʻlimning yillik byudjeti 350 million funt sterlingdan oshadi; unda 3500 nafar xodim ishlaydi, ulardan 2000 nafari jurnalist. BBC News ning mahalliy, xalqaro va onlayn yangiliklar boʻlimlari London markazidagi, Yevropadagi eng katta yangiliklar nashriyot boʻlimi, Broadcasting Houseda joylashgan. Parlament axborotlari London studiyalarida tayyorlanadi va efirga uzatiladi. BBC shuningdek, butun Angliya boʻylab mintaqaviy markazlari va Shimoliy Irlandiya , Shotlandiya va Uelsda milliy axborot markazlariga ega boʻlib, ularni BBC English Regions boʻlimi nazorat qiladi. Angliyadagi har bir mamlakat va mintaqa oʻzining mahalliy yangiliklar dasturlari bilan bir qatorda boshqa mahalliy dasturlarni, shu jumladan, sportni ham yoritib beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „News Group Senior Management“ (en) (deadlink). BBC (dekabr 2014). 30-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-dekabr 2014-yil.
  2. Boaden. „NewsWatch – About BBC News – This is BBC News“ (en) (18-noyabr 2004-yil). 17-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2007-yil.
  3. „Content“ (en) (deadlink). 27-fevral 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel 2007-yil. Arxivlandi 2007-02-27 Wayback Machine saytida.
  4. Herbert J, John. Practising Global Journalism: Exploring Reporting Issues Worldwide. CRC Press, Chapter 1, Page 24, 2013-02-11. ISBN 9781136029868. 6-mart 2015-yilda qaraldi. 
  5. Former Times editor James Harding to be news boss at BBC, Gordon MacMillan, MediaWeek, London, 16 April 2013. Retrieved: 16 April 2013.
  6. „BBC appoints next head of news“ (en). BBC News (15-dekabr 2017-yil). 15-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.