Malayalam
Malayalam | |
---|---|
![]() | |
Milliy nomi | മലയാളം |
Mamlakatlar | Hindiston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 37 100 000 |
Til oilasi | Dravid tillari |
Alifbosi | Malayalam script |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ml[1] |
ISO 639-2 | mal[1] |
ISO 639-3 | mal[1] |
Malayalam, malayali tili — dravid tillari oilasining jan. guruhiga mansub, Hindistonning jan. va jan.gʻarbida tarqalgan til; Kerala shtatining rasmiy tili. 40 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari hududiy jihatdan jan., markaziy, gʻarbiy guruxlarga ajratiladi, shuningdek, ijtimoiy-etnik jihatdan ham lahjalar (brahmanlar, musulmonlar, ayrim qabilalar) oʻzaro farqlanadi. Fonologik va morfologik jihatdan bir qator oʻziga xosliklarga ega, mas, old va orqa qator unlilarining baʼzan namoyon boʻluvchi singarmonizma, qad. dravid tillaridagi ayrim tanglay va burun undoshlarining saqlanib qolganligi, feʼllarning zamon shakllari yasalishiga koʻra, kuchli va kuchsiz turlarga boʻlinishi va boshqa Adabiy til lugʻat tarkibida va soʻz yasalishida sanskrit tilining kuchli taʼsiri seziladi. M. yozuvi 9—10-asrlardan maʼlum; uning harf-boʻgʻinli alifbosi qad. hind yozuvi — brahmipan kelib chiqqan.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |