Ismoil Somoniy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

39°46′41″N 64°24′08″E / 39.7781°N 64.4022°E / 39.7781; 64.4022

Ismoil Somoniy maqbarasiBuxoro shahar madaniyat va istiroqat bogʻi hududida joylashgan koʻhna meʼmoriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi (taxminan 864868). Maqbara Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan boʻlib, uning tuzilishida qadimiy sugd meʼmorligining anʼanalari saqlanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir.

Ismoil Somoniy maqbarasi
Ismoil Somoniy maqbarasining yaqindan koʻrinishi

Meʻmorchiligi[tahrir]

Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.

Maqbara 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhitashqarisi 10,80x10,70 m, ichkarisi 7,20x7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta).

Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustma-ust ravoqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.

Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan.

Tarixi[tahrir]

Yozma manbalar va rivoyatlarga kura, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq tomondagi sagʻana Ismoil Somoniy qabri (849—907) deb taxmin etiladi. Narshaxiy Buxoro tarixi kitobida Ismoil Somoniyning oʻgʻli amir Ahmad (914 y) oʻz qullari tomonidan oʻldirilgan va mazkur maqbaraga qoʻyilgan deb yozadi. M. Saidjonov topgan Vaqfnoma (868 y)da zikr etilishicha, otasi amir Ahmad mozoridan Registongacha boʻlgan yerlarning bir qismi maqbaraga vaqf etilgan.

1925 yilda gumbazi taʼmir etilgan. V. Vyatkin boshchiligida arxeologik tekshiruvlar olib borilgan. Binoni koʻmib yuborgan zax tuproqlardan tozalanib, B. Zasipkin va Usta Shirin Murodov boshchiligida taʼmirlangan (1937—39).

Adabiyot[tahrir]

  • Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX— XV vv., M., 1978.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil