Kontent qismiga oʻtish

Tumor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tumor —1) diniy tasavvurlarga kura, koʻz tegishidan, turli ofat, balo, insjins va shu kabidan saqlaydigan buyum. T. ichiga Qurʼon oyatlari bitilgan qogʻoz hamda ilohiy qudratga ega deb bilingan narsalar solingan. Duo yozilgan qogʻoz uch yoki toʻrtburchak qilib buklab, charm yoki matoga oʻrab tikilgan. T., odatda, boʻyinga, qoʻltiqqa, sochga taqiladi yoki kiyimning ichki qismiga tikib qoʻyiladi; 2) ayollarning boʻyin va qoʻltiqlariga taqadigan taqinchogʻi, bezagi. T. shakli bir-birining ustini qoplaydigan 2 boʻlak (quticha va qopqoq)dan iborat quticha boʻlib, asosan, qopqoq qismi bezatiladi. Tilla, kumush va boshqa metallardan uchburchak, toʻrtburchak, naycha (silindr) shaklida yasalib sirti nakshlar bilan hamda qimmatbaho toshlar qadab bezatiladi, shokilalar osiladi. Taqilishi va shakliga koʻra farqlanadi: bozuband, duotuzi, boʻyintumor, koʻkrak T., qoʻltiq T. va boshqa