Bagʻal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bagʻal – meʼmoriy bezak. Gumbaz ostidagi shakl. Toʻgʻri toʻrtburchak, murab-ba targʻli xonalar B. yordamida doyra shakliga keltiriladi. Binoning ichki qismidagi gumbaz ostiga yoki poygum-bazga ishlanadi. Gumbaz ogʻirligi asosan B.ga tushadi. Koʻpincha ravoqchalar koʻrinishida boʻladi. Vizantiya meʼmorligining asosiy konstruktiv elementlaridan biri hisoblangan (asosan xochsimon tarhli binoning gumbazlari qurilishida), keyinchalik rus meʼmorligida ham qoʻllanilgan. Shuningdek Uygʻonish davri meʼmorligida gumbazli binolar qurishda B.ning murakkab namunalari yaratilgan. Turkistonda 9 – 11-asrlar meʼmorligida qoʻllanila bosh-lagan. 14 – 15-asrlarda B. yuksak darajada rivojlanib, uning oʻziga xos milliy meʼmorlik anʼanalari asosida badiiy namunalari yaratilgan. Saroy, Madrasa, masjid, maqbaralar qurilishida sergʻovak, charhi, ravoqli, qalqonsimon ravoqli, muqarnas ravoqli, qalqonsimon mumtoz, toʻliq boʻlmagan qalqonsimon, ravoklarda kesishgan koʻp qatlamli qalqonsimon kabi B.lardan foydalanilgan. B.lar turt, sakkiz, katta binolarda oʻn olti ravoqchali qilib ishlangan, oraligʻi gajaklar yordamida toʻldirilgan, uchburchak shaklida yupqa devor hoshiyalar terilgan. Muqarnas, iroqi, iroqi-muqarnas, pogʻonali, qolipkori uslubida bezatilgan. Keyingi yillar meʼmorligida ham uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bagʻal" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil