Marjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marjon — 1) munchoq va shahrik.ni ipga qator tizib yasaladigan ayollar taqin-chogʻi. Munchoqlari turli shakldagi bezak toshlar (serdolik, marmar, feruza, oltin, kumush va boshqalar)dan iborat boʻlib, bir yoki bir necha qatorli qilib boʻyinga taqiladi. Suyak va sopol donalaridan yasalgan M.lar Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi 4—3ming yillikka oid manzilgohlardan topilgan. Jez davrida M.ning turli (och tusli, marmar, oq, och qizil yoki kulrang toshlar, sopol, bronza va suyaklardan sillits yoki sodda naqshli) xillari tarqalgan. Saklanib qolgan devoriy rasmlar (jumladan, Bolaliktepa devoriy rasmlari)da M.ning turli tasvirini koʻrish mumkin. M.ning markaziga, baʼzan chetlariga tumorchalar qoʻshilgan; 2) zargarliksa ishlatiladigan bezak tosh; dengiz jonivorlari qoldiklaridan iborat; uzunchoq (shohmarjon), dumaloq (tanamarjon) va boshqa shaklli turlaridan ziynat buyumlari (zirak, tillaqosh, tumor va boshqalar)ni bezashda foydalaniladi; 3) miskarlikyu. qumgʻonning qorniga qalamcha bilan solingan dumaloq gul.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil