Anʼana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

An’ana – o‘tmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy sharoitlari turli A.larning shakllani-shiga ta’sir qiladi. Muayyan ijtimoiy tartib-qoidalar, axloq me’yorlari, urf-odat, marosim va boshqa A. sifatida namoyon bo‘ladi. A.larni: a) ijtimoiy-tarixiy hodisa; b) jamiyat hayotidagi jarayonlarning tarkibiy qismi; v) kishilar hayoti va faoliyatini belgilash mezoni; g) jamiyat va odamlarni boshqarishning ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin. A.lar yoshlarni tar-biyalash, ularni keksa avlod tajribalariga o‘rgatish vositasi hamdir. Har bir davrning o‘z A.lari bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, mazmunan boyib boradi, ba’zilari yo‘qoladi, yangilari vujudga keladi. Shuningdek, bir zamonning A.lari ikkinchi zamonga mos kelmasligi mumkin. Davr talabiga javob bermaydi-gan A.lar unutiladi. Har bir xalqning A.larida o‘sha xalqning turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi, milliy ong va qiyofasi ham aks etadi. Bir hudud aholisi yoki xalqiga xos A.larga har xil mafkuraviy, partiyaviy nuqtai na-zardan yondoshish, boshqa hudud yoki xalq nuqtai nazaridan baholash noto‘g‘ri. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan 570so‘ng sobiq sho‘rolar tuzumida joriy etilgan A.viy bayram va tantanali kunlarning ko‘plari o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. O‘zbek xalqining qadimdan tarkib top-gan, hozir ham keng amal qilinadigan A.lari bor. Bular jumlasiga keksalarga hurmat, qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y bilan oqibatli, yaqin aloqada bo‘lish, el-yurtga sadoqat, hashar, mehmondo‘stlik, nonni e’zozlash va boshqa kiradi. O‘zbekistonda Navro‘z, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti va boshqa xalq bayramlari yaxshi A.lar sifatida hayotga singib ketdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil