Chiviq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiviq — 1) texnikada — ingichka va uzun metall tayoq (mac, temirCh). Kesimi, asosan, dumaloq, baʼzan toʻrtburchakli, oltiburchakli, ovalsimon, segmentsimon va trapetsiodal boʻlishi mumkin. Ch. har xil markali temir, poʻlatdan bolgʻalash, presslash, prokatlash usullarida tayyorlanadi. Ch.dan plastik deformatsiyalash (bolgʻalash, presslash) yoki kesib ishlash yoʻli bilan turli detallar yasaladi. Pishiq poʻlatdan tayyorlangan egiluvchan, qisiluvchan va choʻziluvchan Ch.da# temirbeton tayyorlash uchun armatura ("qobirgʻa") sifatida foydalanish ham mumkin; 2) daraxtlarning surx novdasi. Masalan, tol novdasi; 3) gazlama turiga nisbatan ishlatiladigan atama. Masalan, mayda chiziqchiziq yoʻlli gazlama Ch.gazlama deb ataladi.