Guliston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guliston
shahar
40°29′01″N 68°47′0″E / 40.48361°N 68.78333°E / 40.48361; 68.78333 G OKoordinatalari: 40°29′01″N 68°47′0″E / 40.48361°N 68.78333°E / 40.48361; 68.78333 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo viloyati
Aholisi
255 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Guliston xaritada
Guliston
Guliston
Guliston xaritada
Guliston
Guliston

Guliston - Sirdaryo viloyatining markazi. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5,6 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni","Ulugʻobod qoʻrgʻoni"(1985-yilda qoʻshilgan), "Yangilik". Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, suzish havzalari , bolalar sport markazlari,madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi.

Guliston (1923 yil va 1952-60 yillarda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryo viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 yildan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295–300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2,5°, minimum temperatura —35°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, maksimum temperatura 45°. Aholisi 255,3 ming kishi (2017), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys , tojik va b. millat vakillari ham yashaydi.

Sanoati paxta tozalash zavodi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non zavodlari, yaxna ichimliklar korxonasi, qishloq xoʻjaligi mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari kombinati, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, "Peng-Sheng" O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ,"Turkiston" qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan "Lichava-Farmsanoat" Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 16 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.

Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.[1]

Guliston shahrida 1 ta universitet, 2 ta akademik litsey va 5 ta kollej faoliyat yuritadi.

Guliston shahrida 1ta futbol klub mavjud,

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil