Kislorod bilan davolash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kislorod bilan davolash, oksigenoterapiya — kisloroddan davo maqsadida foydalanish. Konda va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi (qarang Gipoksiya, Gipoksemiya) bilan kechadigan nafas va qon aylanish sistemasi kasalliklari (bronxial astma, zotiljam, yurak porogi, astmasi xuruji va boshqalar)da, kamkrnlik, balandlik kasalligi, turli zaharlanishlar, shuningdek, xirurgik operatsiyalardan keyin Kislorod bilan davolash d. tavsiya etiladi. Kasalxona sharoitida kisloroddan nafas olish uchun moʻljallangan kislorod ingalyator va palatkalardan foydalaniladi. Kislorodni plevra, qorin boʻshligʻi va meʼda-ichak yoʻliga kiritish usullari ham bor (kislorodli vannalar). Kislorod bilan davolash d. koʻpincha ingalyasiya yoʻli bilan amalga oshiriladi. Turli yoʻllar bilan kiritilgan kislorod organizmda kislorod tansiqligini toʻldiribgina qolmay, uning barcha xayotiy funksiyalarini barqarorlashtiradi va qarshilik kuchini oshiradi. Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, gijjani tushirishda giperbarik oksigenatsiya (qarang Baroterapiya) juda qoʻl keladi.

Uy sharoitida Kislorod bilan davolash d. da kislorod yostiqdan foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil