Shashmaqom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shoshmaqomdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Shashmaqom ((oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors شش‌مقام)) — Tojik, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.

Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida Sh. uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, FargʻonaToshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi.

SH. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.

Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Sh. qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.

Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki Sh. shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʻʼba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin.

shahrini tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). shahrining cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Sh. cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi.

Odatda, Sh. cholgʻu qismlari birinketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning "Nasr" boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi shoʻʼbalar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Sh. ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa shoʻʼbalar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi shoʻʼbalar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli shoʻʼbalar va ularning shoxobchalari kiradi. shahridagi nomdosh shoʻʼbalar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻʼbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Sh. shoʻʼbalarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir shoʻʼbada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.

SH. ashula boʻlimi shoʻʼbalari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir shoʻʼba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra shoʻʼbalarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi shoʻʼbalar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin.

SH. ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻʼbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻʼbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻʼbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr shoʻʼba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr shoʻʼbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi.

SH. ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻʼbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi.

Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shahriga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻʼbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shahrining 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi.

SH. ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan.

SH., asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.

shahrini ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi ("Shashmakom, Shest muzmkalnix poem", M. — Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (M., 1925), Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. shahrini oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir" (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, Sh.Sohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shahrining 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom", M., 1950—67). Oʻzbekistonda Sh. ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "Oʻzbek xalq musiqasi" (V j., T., 1959) va "Shashmaqom" (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972 yil), u asosda "Musiqiy sharqshunoslik" va "Anʼanaviy ijrochilik" (1992 yildan) kafedralari orqali shahrini ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983 yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991 yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Sh., oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shahridan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Yu.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi tomonidan "Shashmaqom" filmi suratga olingan (1972, rej. T.Akromov).

Hozirgi davrda Oʻzbekiston boʻylab shahrini ijro etishga ixtisoslashgan professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy oʻzlashtirish hamda targʻib etish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar (qarang "Maqom ansambli").

Adabiyot[tahrir]

  • Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963; Ibrohimov O., Maqom va makon, T., 1996; Matyoqubov O., Maqomot, T., 2004.

Ishoq Rajabov, Ravshan Yunusov.

Shashmaqom shakli bastakorlik san’atining mahsulidir. Bastakorlik an’analari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik san’ati yuksak darajada bo`lganligi qo`lyozma man’balardan ma’lum. Bastakor so`zi tojikcha bo`lib, bog`lovchi, bastalovchi ma’nosini anglatadi. O`tmishda bastakorlarning faoliyati turlicha bo`lgan. Dastlab ular maqomlar va xalq musiqa asarlari asosida betakror kuy va ashulalar yaratganlar. Yana, bastakorlar maqom pardalari negizida yangi-yangi yo`llar, yaratganlar, tayyor kuyga yangi pardalar kiritib, yoki uni boshqa doira usuliga tushirib, jozibali va mukammal asarlarni yuzaga keltirganlar. Binobarin, she’r matnlarining ashulaga shaklan hamda mazmunan moslab tushirilishiga ham alohida ahamiyat berganlar. Shashmaqomdagi turkumlarning yuzaga kelishila bastakorlardagi bunday tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zan sho`’balar, masalan, Buzruk maqomidagi Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol qismi ohangdosh ashulalar bo`lib, faqat doira usuli va she’r o`lchovidangina farq etadi. Shashmaqom turkumlari ko`pincha ashulalarning yangidan-yangi variantlarini yaratish bilan takomillashtiriladi. Shunday qilib, Shashmaqom o`tmishdagi bastakorlik an’analarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga keldi. Keyingi ikki asrdan ko`proq, o`tgan davr ichida, bir sozanda – xonandadan ikkinchisiga og`zaki tarzda o`tib kelishi jarayonida Shashmaqom tobora juda katta o`zgarishlarga uchradi va bizgacha etib keldi. Bu narsa XIX asrda tuzilgan va maqomlarga aytilgan she’r to`plamlaridagi maqom va sho`’balar nomini, she’r o`lchovlari hozirgi maqom qismlari bilan solishtirilsa, yaqqol seziladi. Shashamaqom o`zbek xalqi musiqa merosida juda katta o`rin tutadi Shashamaqom yo`llarida milliy va mahalliy musiqaning boy ohanglari, vazn xususiyatlari, doira usullari va ashulalar she’rlarini moslab tushira bilish qoidalariga bog`liq qator tomonlar mujassamlangan. Xalq musiqa asarlarining qaysi birini olib qaramang, ular u yoki bu maqom yoki uning sho`’ba pardasi, kuy tuzilishi, doira usuliga juda o`xshashligani bilib olish mumkin. Keyingi kuzatishlar Shashmaqom, xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi. U 250 ga yaqin cholg`u va ashula yo`llarini o`z ichiga oladi. Ular asosida yaratilgan yuzlab xalq kuy va ashula namunalari, surnay yo`llari hisobga olinsa, maqomlarning xalq musiqasida tutgan o`rni naqadar baland ekanini yana bir bor bilib olish mumkin. Shashamaqomga kirgan oltita maqomning har biriga alohida to`xtalib o`tishdan avval maqomlarning tuzilish qoidalari haqida umumiy tarzda tushuncha beramiz. Shashmaqom tojikcha olti maqom demakdir. Shashmaqom taruibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakldagi turkumli asarlar bo`lib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yo`llarini o`z ichiga oladi. O`tmishda maqomlarning ijri etilishida tanbur va doira etakchi sozlardan hisoblangan. Maqom qismlari turkum tarzida yoki yakka kuy va ashulalar tarzida yakka navozanda xonanda yoki dastalar tamonidan ijro etilgan. Jo`rnavozlik tarkibida Ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qubuz yoki sato, doira va bir necha hamnafas xonandalar bo`lgan. Ko`rinib turibdiki, dastaga yolg`iz torli asboblar kiritilgan. Bizningcha tanburning etakchi soz deb qabul qilinishiga ham ma’lum sabab bor. U turli maqomlarga moslab sozlashga qulay bo`lgan. Mabodo ashulachining ovozi keng diapazonli maqom yo`llariga yeta olmasa, uni bir-ikki pardaga past qilib sozlash mumkin edi. Olti maqomlarga asboblarni sozlashda ham tanbur qandaydir o`lchovli soz bo`lgan. Binobarin uni turli maqomlarga moslab sozlash mumkin. Shu sababli olti maqomga tanbur uch xil (kvinta, kvarta va katta sekunda) qilib sozlangan va Mezrobi Rost, Mezrobi Segoh, hamda Mezrobi Navo deb nomlangan.