Sato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sato

Sato (setor soʻzining buzilgan shakli) — tanburni kamon bilan chalinadigan turi. Oʻzbek, Tojik, Uygʻur, Eron, Afgʻon xalqlarida tarqalgan. Kosasi tanburga nisbatan kattaroq va yupqaroq, qopqogʻi kengroq boʻladi. Tut yogʻochidan oʻyib yasaladi. Umumiy uz. 110— 120 sm. Ayrim sozandalar tanburni ham Sato sifatida kamon bilan yoki, aksincha, Satoni tanbur sifatida noxun bilan chalishadi. Satoda 3—4 asosiy tor boʻlib, oʻrtadagisi ikki yonidagilarga nisbatan kvarta, kivinta, baʼzida sekunda oraligʻida sozlanadi. Ulardan tashqari, yon quloqlarga tortiladigan aks sado beruvchi 11 tagacha torlar ham boʻladi. Satoda, odatda, kuychan, ohangdor asarlar turli nolish va qochirimlar bilan boyitilib chalinadi. U hozir turli oʻzbek cholgʻu ansambllarida hamda yakkaxon cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi. [1]

Sato cholg’u musiqa asbobi ham boshqa cholg’ular qatori bir necha asr oldin paydo bo’lgan degan taxminlar mavjud. O’rta asr musika ijrochiligi madaniyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki, cholg’uchilar nafaqat bir necha turdagi musiqa aboblarini chala olgan, balki o’zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg’uchilar o’z davrining yetuk musišachilari va shoirlari ham bo’lishgan.[tahrir | manbasini tahrirlash]
O’rta asr sharoitida musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarni paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yerda ustoz-shogird an’analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san’atinnng asosiy ko’rinishlari shakllanib, cholg’u asboblarining yangi namunalari kashf etildi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
        Sharq olimlarining nazariy qarashlari, mavjud ijrochilik san’ati tajribasi asosida shakllangan bo’lib, ular o’z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berganlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]
        Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) eronlik musiqa nazariyotchisi sifatida tanilgan bo’lib, o’z risolasida kamonchali tanbur-sato haqida ibratli mulohazalar bildirgan, hamda inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Satoning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sato musiqa cholg’usi tashqi ko’rinishidan tanburga o’xshaydi. Satonnng kosasi nozik o’yilib tut, o’rik yoki yong’oq daraxtinpng yog’ochidan yasaladi. Sato cholg’u asbobini noxun bilan chalsa ham bo’ladi, uning uchun faqat, kosada o’rnatilgan maxsus xarrakni o’rniga, tekis qilib yasalgan xarrak qo’yish kerak, chunki ijro etilayotgan vaqtda torlarning sadosi va yuqori ijro imkoniyatida salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sato cholg’usining ovozi bir oz fig’onli, dardlidir. Ijro etish paytida, sato cholg’usidan chiqqan tovush, insonni xayol og’ushiga olib ketadi. Taralayotgan kuy eshituvchiga shunday ta’sir qiladiki, hatto eshituvchi o’z gavda qismini tebranayotganini ba’zan sezmay qoladi.    Turg’un Alimatovning chalgan kuylari bunga misol bo’la oladi. Turg’un Alimatov (O’zbekiston xalq artisti) mohir usta tanburchi, dutorchi va sato asbobini dilkash, joziba bilan ijro etadigan sozandalarniig eng yetakchisidir.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sato cholg’usini asosan O’zbekiston va Tojikistonda takomilashganini bilamiz. Sato asbobi asosan kamon bilan ijro etiladigan cholg’udir, xuddi g’ijjakni ijrosidek, o’tirgan holda chalinadi. Satoning dastasiga ichakdan pardalar (ladlar) o’raladi, g’ijjakda esa dasta silliq bo’ladi. Satoning yupqa qilib o’yilgan kosaxonasining shakli tanbur cholg’u asbobidan bir oz katta bo’ladi, qopqog’i ham shunga mos bo’ladi. Sato dastasining uzunligi tanbur cholg’usidek uzun bo’lib, yo’g’on ichak tordan uch o’ramda bog’langan, pardalar, hamda kosaxonasi qopqog’iga yopishtirilgan xas pardalar bor. Xaspardalar yog’och qalamchalardan iborat bo’lib, tanbur va sato asboblarining kosasining qopqog’iga yopishtiriladi.     Ovoz hajmi ikki yarim oktavadan kengroq doirada diatonik tovushqatorni hosil qiladi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy torlari soni uchta ba’zan to’rtta bo’lib, bu torlar metal, misdan iborat bo’ladi, ularning, ya’nn torlarining jo’rlanishi xuddi tanburni sozi kabi birinchi va uchinchi (ikkn chetdagisi) unisonga, ikkinchisi (o’rtadagisi) ikki chetdagilarga nisbatan kvarta va kvinta ba’zan sekunda pastga sozlanadi. Asosiy sozlar ostida joylashtirilgan hamda yon quloqlariga tortilgan aks sado beruvchi torlari esa, xuddi afg’on rubobi singari sekunda oralig’larida sozlanadi.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ammo hozir O’zbekistonda ishlatiladigan sato nusxalarida bunday  aks-sado yo’q. Usta Usmon Zufarov tomonidan ishlab yaratilgan satolar o’ziga xos yoqimli va shirali ovozga ega. Sato cholg’u asbobini o’tirgan holda, chap tizza ustiga qo’yib, kamon bilan ijro etadilar. O’ng qo’l bilan kamonni chapga va o’ngga tortib, o’ziga xos usullar va uslublar bilan ijro etadilar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil