Dugoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dugoh (fors. — ikki joy, ikki parda, ikki payt) — 1) Oʻn ikki makom tizimidagi shoʻʼba nomi. Dastlab butun ton (204 sent) oraligʻida joylashgan ikki tayanch pardali ohang ifodasi boʻlib, mazkur tizimdagi Husayniy, Hijoz kabi mukammal (7 pogʻonali) tovushqatorlar asosida rivojlantirilgan. Keyinchalik Husayniy maqomining tovushqatoriga singib ketishi natijasida "maqom" nomi bilan yuritila boshlangan; 2) Shashmaqom va Xorazm maqomlari turkumlarida 4- mustaqil makom nomi. Fartna—Toshkent makomlariaa DugohHusayniy I—VII ashula yoʻllari, shuningdek, surnay D.i, Mushkiloti D. kabi cholgʻu yoʻllari mavjud.

         Maqomlar xususida uzoq yillar davomida tadqiqotlar olib borgan marxum professor V.M.Belyayevning aytganidek, Dugoh, Segoh, Chorgoh nomlari bilan mashxur bo’lgan maqom va sho’balarning tuzilishi chalkash va noaniq. Bu masala haligacha mavxumligicha qolib kelmoqda. Shunday ekan dugohning musiqa risolalarida butun ton oraligidagi ikki pog’onali tovushlar birikmasi deb ko’rsatilishi musiqa asarlarining diapozonini ko’rsatmaydi, balki ular boshlanishidagi ikki pardani ifodalardi, - deyishga to’gri keladi. O’tmishda Dugoh juda ko’p maqomlarnng sho’basi sifatida mashxur bo’lganligi ma’lum. Sharq musiqa nazariyasida Dugoh atamasining boshqa nomi ham bor. Ma’lum maqomning tovushqatori saqlangan holda, uning ikkinchi pardasidan boshlanib ijro etiladigan kuy va ashulalar o’sha maqomning “dugohi” (ikkinchi pardasi) deyilardi. Masalan, Dugohi Husayniy, ya’ni “On ikki maqom” tarkibidagi Husayniy maqomining ikkinchi pardasidan boshlanadigan kuy yoki ashula, Dugohi  Rost – Rost maqomining ikkinchi pardasidan boshlanadigan asar va h.z.                                                         
           Shashmaqom takibida Dugoh mustaqil maqom bo’lib, o’tmishdagi sho’ba mavqeyini butunlay yo’qotgan. Shashmaqomda Dugoh maqomiga Chorgoh, Oraz, Husayniy ohanglari hamda ularning pardasiga mos kuy-oxanglari asosiy kuy mavzulari sifatida gavdalanadi.
       Dugoh ham Shashmaqom tarkibigadagi boshqa maqomlar kabi cholg’u  ashula bo’limlaridan iborat. Uning tarkibidagi tukum tarzida ijro etiladigan cho’lg’u qismlar va qator sho’balar mavjud.
    Dugoh maqomi cholg’u qismlari quyidagilardan iborat:

1. Tasnifi Dugoh 2. Tarje Dugoh 3. Garduni Dugoh 4. Peshravi Dugoh 5. Samoi Dugoh 6. Muxammasi Dugoh 7. Muxammasi Dugoh 8. Muxammasi Hoji Jo’ra 9. Muxammasi Chor Sarxona 10. Saqili Ashkullo

        Bu yerda Dugohning tasnifi cholg’u yo’llarining bosh mavzusi sanalib, boshqa cholg’u kuylari va ba’zi ashula yo’llari mazmunini ham aks ettiradi. Gardun, samoiy, muxammas iboralari doira usullari ifodasidir. Ularning tuzilishi umman maqomlarga xos qiyofada bo’lib, xona bozguylar bilan rivojlana boradi. Dugoh maqomi cholg’u yo’llarining xonalari ayniqsa peshrav ohanglariga boy. Maqomlar ijrosida yetakchi soz hisoblangan tanbur cholg’usi Dugoh maqomida kvartaga sozlanib, uning asosiy lad tonalligi “re miksolidiy” ladiga mos keladi.

          Dugoh cholg’u yo’llarining hammasi ham jozibali, tasirchan va dilkash kuylardir. Ular ifoda vositalariga boy, yuksak xissiy ta’sir kuchiga ega. Dugohning cholg’u yo’llari tanlansa, go’yo kishi bilan suhbatlashayotgandek, dardlashib, hasratlashayotgandek tuyuladi. Kuy mavzui jihatidan Dugohning cho’lg’u yo’llari bir biriga juda ham mos bo’lib, turkum tarzida ijro etilganda ma’lum kuyning rivojlantirilgan ko’rinishlari sifatida yangraydi. Dugoh maqomi cholg’u yo’llari kuy tuzilishi jihatidan mukammal asarkar bo’lib ular badiiy buyoqlarga boydir.


Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil