Maqomot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maqomot (arab. — maqomlar) — 1) Oʻrta asr musulmon Sharqi xalqlari musiqa ilmida pardalar, tovushqatorlar, kuy-ohanglar va jinsjamlar majmui. Ilmiy. atama sifatida ilk bor Qutbiddin ash-Sheroziy (13—14-asrlar)ning "Durrat uttoj li gʻurrat uddeboj" ("Podshoq tojining gavhari") qomusida, musiqa ilmiga bagʻishlangan boʻlimda qoʻllanilgan; 2) Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari mumtoz musiqa sanʼatida muayyan tovushqatorlar va usullar tizimiga asoslangan maqom, muqom, mugʻom, navba, dastgoh, taqsim (taqasim), peshrav kabi turkum janrlariga nisbatan ishlatiladigan umumnazariy tushuncha; 3) Oʻrta asr Sharq adabiyotida nasriy turkum janri. Alhaririy, alhamadoniy kabi arab adiblarining "M."lari jahon adabiyotida mashhur boʻlib, Yevropa tillariga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil